|
National University of UzbekistanBog'liq eshitishida-nuqsoni-bo-lgan-bolalarda-tafakkur-rivojlanishining-psixologik-xususiyatlariNational University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed
Current Issues of Social Sciences and Humanities
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-395-399
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
397
April, 2023
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference
predmetlararo munosabatlarni ham anglaydilar. Koʼrgazmali – harakat tafakkurini
rivojlanishidan orqada qolish nutqi mavjud boʼlmagan eshitishda nuqsoni boʼlgan
bolalarda ham uchraydi. Eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalar harakatni umumlashtirish
usuliga ega boʼlmaydilar, shu sababli bu vazifani oʼrgatish uchun toʼrt marotaba koʼp
vaqt va uch marotaba koʼp koʼrgazma kerak boʼladi.
А.R.Luriya va F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qolgan sogʼlom egizak
bolalarni tafakkurining oʼziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni
soʼzdan ajratish, rejalashtirish, elementar tasniflash malakasiga ega boʼlmaganlar.
Predmet ifodasi, belgi, munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur
harakatlarini amalga oshiradilar.[3,6]
Eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalardagi koʼruv sezgi va idroki eshituvchi
bolalar darajasida boʼlish L.V.Zankov, I.M. Solovev, K.I. Vigotskiy, tadqiqotlarida
dalillangan. Shu sababli eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat
bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshitishida
nuqsoni boʼlgan bolalarning eshituv sezgisiga qaraganda koʼruv sezgisining ustunligi,
harakat sezgisining, teri-taktil sezgilarning faolligi kuzatiladi.[4,5]
Eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalar uzoq muddat davomida koʼrgazmali –
obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan, T.V.Rozonova tadqiqotlarida
eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalarning koʼrgazmali – obrazli tafakkurining
rivojlanishidagi farq maktabgacha taʼlimining boshida kuzatilishini isbotlaydi.
Koʼrgazmali – obrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni umumlashtirish
imkonini yuzaga keltiradi. Koʼrgazmali – obrazli tafakkurni shakllantirish soʼzlash
nutqining shakllanishi bilan bogʼliq boʼlib, koʼrgazmali – obrazli tafakkurni soʼzlash
– mantiq tafakkuri bosqichiga oʼtishi sogʼlom bolalarga nisbatan eshitishda nuqsoni
boʼlgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash operatsiyalarini
rivojlanishida namoyon boʼladi. Fikrlash operatsiyalari – tizimga tashkillashtirilgan
umumiy harakatlardir. Bu fikrlash operatsiyalari asta – sekinlik bilan amalga oshadi.
Eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalarda fikrlash operatsiyalari eshituvchi
bolalarga nisbatan kech shakllanadi. Аnaliz va sintez jarayonini rivojlanishida ham
orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatli va sistematik tarzda
amalga oshadi. Taqqoslash jarayonida farqlarni topish va oʼxshatish munosabatlari
amalga oshadi. I.M.Salovyoov taʼkidlashicha, eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalarda
taqqoslashning quyidagi jihatlari namoyon boʼladi: ikki predmetni taqqoslashdan
birining analiziga oʼtib ketish, vazifani soddalashtirish,
predmetlarni taqqoslashdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Eshitishda
nuqsoni boʼlgan bolalarning oʼsmirlik chogʼida taqqoslash
|
| |