|
National University of UzbekistanBog'liq eshitishida-nuqsoni-bo-lgan-bolalarda-tafakkur-rivojlanishining-psixologik-xususiyatlariNational University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed
Current Issues of Social Sciences and Humanities
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-395-399
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
398
April, 2023
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference
texnikasini egallashda yutuqlar kuzatiladi, taqqoslash sifati oshadi.
Аbstraktsiyalash jarayoni syujetli – rasm oʼyin va oʼquv faoliyati jarayonida
amalga oshadi. Syujetli – rasm oʼtishning xarakterli xususiyati oʼrindosh
predmetlarni qoʼllash hisoblanadi. Аlmashtiriluvchi predmetlar xususiyatini ajratish
va taqqoslash abstraktsiyaga asoslanadi. Eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalar
almashtirilgan predmetlarni qoʼllashda qiyinchiliklarga uchraydilar. Hatto
almashtirish uchun funksional mumkin boʼlgan predmetlar ular tomonidan har doim
qoʼllanilmaydi, ularni real funktsional ahamiyatida ajratish eshitishda nuqsoni
boʼlgan bolalar uchun qiyin tarzda kechadi. N.I.Shif maʼlumotlariga koʼra,
maktabgachagacha yoshdagi, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni boʼlgan
bolalar uchun almashtiruvchi vosita sifatida tanishga nisbatan, notanish predmetlarni
qoʼllash qulaylik tugʼdiradi. Аbstraktsiya jaryonida orqada qolish eshitishda nuqsoni
boʼlgan bolalar oʼquv faoliyatida ham orqada qolishiga sabab boʼladi.
Eshitishda nuqsoni boʼlgan bolalar kattaliklarni taqqoslash, kattaliklar oʼzaro
munosabatini tushunish, masala mazmunidan uni koʼrgazmali ifodalash, berilgan
munosabatlarda koʼrgazmali sharoitda ajratishni ifodalovchi bir qator masalalarni hal
etishda qiyinchiliklarga uchraydi. Аsosiy qiyinchiliklar matn mazmuni boyicha
xulosa chiqarish, maʼlumotlarni analiz va sintez qilishda yuzaga keladi.
Zaif eshituvchi bolalarga taʼlim berish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilishi
kerak, yaʼni ular maxsus bogʼcha va maktablarda maxsus dastur va darsliklar asosida
oʼqitilishi va tarbiyalanishi zarur. Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil
etilgan bogʼcha hamda maktab internatida barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va oʼqituvchilar bunday bolalarni tegishli taʼlim-
tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
|
| |