|
Mavzu: Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi xususiyatlarini tekshirish bo’yicha didaktik materiallar to’plash Tuzuvchi: Ne’matova shohsanam
|
bet | 1/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 14,42 Kb. | | #238546 |
Bog'liq Tuzuvchi Ne’matova shohsanam-kompy.info
Tuzuvchi: Ne’matova shohsanam
Mavzu:Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi xususiyatlarini tekshirish bo’yicha didaktik materiallar to’plash Tuzuvchi:Ne’matova SHohsanam REJA: REJA: 1.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi xususiyati 2.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi xususiyatlarini tekshiris 3.Eshitish nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi xususiyatlarini tekshirish bo’yicha didaktik materiallar to’plash
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi
Sezgi - inson sezgi organlariga ta'sir qiluvchi predmet va hodisalarning eng sodda ruhiy jarayonidir. Inson sezgisi tovush, rang, shakl dunyosi haqida ma'lumot beradi. Sezgidan farqli o'laroq idrok predmet va hodisalar yaxlit obrazini o'zida namoyon qiladi. Har qanday otlash jarayoni idrok etish va sezishdan boshlanadi. Bu uning dastlabki sezgi bosqichidir. Lekin idrok atrofdagi olam haqida to'liq tasavvur berolmaydi. Materiyani biz bevosita idrok etolmaydigan xossalari mavjud. Tashqi olamni anglash va aks etishning eng yuqori formasi tafakkurdir. Rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalar sezgisi atrof muhitni obyektiv aks ettiradi va predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida ma'lumot oladi.
ENB bolalar sezgisi va idroki shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spesifik xususiyatlarga ega bo'ladi. Avvalambor, bu bolalarda asosiy sezgi turlaridan biri eshituv sezgisi mavjud bo'lmaydi. Bizning organizimizga doimo tovush ta'sirotlari ta'sir ko'rsatadi. Rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbaini eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi. U atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, radio, musiqa eshitib, kino, teatrlarni tomosha qilib, ko'p ma'lumotga ega bo'ladilar.
Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. O'z navbatida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. O'z navbatida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Quyida biz bu sezgi va idrok turlarining o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Kar bolalarda eshituv sezgisi mavjud emas degan fikr noto'g'ridir. Yangi okustik apparatlar yordamida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, kar bolalarning 40 %da eshituv sezgisi qoldiqlari mavjudligini ko'rsatdi. Ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin. XIX asrda I.I.Fleri, so'ng N.M. Lagovskiy va boshqa tadqiqotchilar ham karlar eshituv qoldig'i mavjudligini e'tirof etadilar. Lagovskiy ta'kidlashicha, bu eshituv qoldig'ini faollashtirish, rivojlantirish mumkin.
Gartmani tadqiqotlariga tayanib, Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko'ra bir necha guruhlarni tasniflaydi. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda eshituv idroki ma'lum darajada mavjud bo'lib, u noeshitish tovushlarni farqlash imkonini beradi.
Boshqa bolalarda eshituv idrokining darajasi balandroq bo'lib, u unli tovush, bo'g'in, o'zlarni farqlash imkonini beradi. Yaxshi ishlangan tadqiqot uslubiyoti va takomillashgan apparaturani qo'llash chaqaloqlik yoshida bolaning eshituv funksiyasi holatini o'rganish imkonini beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi xususiyatlarini tekshirish bo’yicha didaktik materiallar to’plash Tuzuvchi: Ne’matova shohsanam
|