26
beruvchi burg‘ilash uskunasining ko‘chma elektrstansiyasining issiqligini utilizatsiya
qilish qurilmasi ishlab chiqilgan. Konstruksiyaning yangiligi 29.08.2023 yildagi FAP
20230306 – sonli O‘zbekiston Respublikasida foydali model uchun o‘rnatilgan
ustuvorlik bilan himoyalangan.
9. Skvajina tubini havo bilan tozalab burg‘ilashda issiqlikni utilizatsiya qilish
qurilmasini qo‘llaganda ichki yonuv dvigatelining tutun gazlari quvuriga ejeksiyali
soploni o‘rnatish, sovutuvchi radiator ventilyatoriga yuklamani va tutun gazlari
qarshiligini kamaytirish evaziga dvigatel yonilg‘i sarfini 12% gacha kamaytirish
imkonini bergan.
10. Burg‘ilash uskunasining avtonom elektrstansiyasining ichki yonuv dvigatelini
issiqlik yoqotilishlarini foydali utilizatsiya qilish qurilmasida ishlab chiqariluvchi
issiqlik oqimi va elektr energiyasining quvvatini generatorga beriladigan yuklamalarga
bog‘liqligi aniqlangan.
11. Ishlab chiqilgan texnik yechimlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi
baholangan, bunda skvajina tubini havo bilan tozalab burg‘ilash uchun burg‘ilash
snaryadini qo‘llash bir yilda 36000000 so‘m, skvajina tubini gidravlik tozalash uchun
burg‘ilash snaryadining taklif qilingan konstruksiyasini qo‘llash bir yilda 82434000
so‘m, ishlab chiqilgan issiqlikni foydali utilizatsiya qilish qurilmasini qo‘llash bir yilda
124117920 so‘m samaradorlikka erishish imkonini bergan.