Tuzuvchi: Sh. Abdiyeva – Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji Informatika fan o’qituvchisi




Download 262.5 Kb.
bet2/12
Sana10.04.2017
Hajmi262.5 Kb.
#3952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tuzuvchi:
Sh. Abdiyeva – Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji Informatika fan o’qituvchisi


Taqrizchi:
A.Yalg’ashov - Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji maxsus fan o’qituvchisi

Ushbu uslubiy ishlanma “ Aniq va tabiiy fanlar ”

kafedrasining   «____» _________ 2016 yil ___-sonli

yig`lishida ko`rib chiqilgan va uslubiy kengashga tavsiya etildi.


Ushbu uslubiy ishlanma uslubiy kengashning

«_____»_________2016 yil ___-sonli yig`lishida

ko`rib chiqilgan va o’quv jarayoniga tavsiya etildi.


Kirish
O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi”dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.

Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo’jalik yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo’lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotimizning barcha javhalariga ayniqsa iqtisodiyotga keng joriy etish zarur.

Ushbu o’quv ishlanma kollejning barcha yo’nalishlari bo’yicha tayyorlanadigan kichik mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalarning “ Informatika asoslari” fanida o’zlashtirgan nazariy bilimlarini o’quv amaliyoti mashg;ulotlarida mustahkamlash, mustaqil ravishda ishlab chiqarish vaziyatlarini EHM dasturlarini tadbiq etgan holda yechish va o’quvchilarga ko’nikma hamda malakani shakllantirish yo’llari mazkur qo’llanmada o’z ifodasini topgan.

Hisoblash texnikasining keng yoyilishi va shaxsiy kompyuterlarning turli faoliyat sohalariga joriy etishi tufayli bugungi kunda har qanday korxona yoki tashkilotning ishi zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llamay amalga oshmaydi. Shunday qilib axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishni qayta ishlash asoslarini bilish mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari tinglovchisiga mehnat bozorida raqobatdosh bo’lish, qiziqarli va istiqbolli ish topa olish imkoniga ega bo’lishi uchun juda zarur.

Mazkur uslubiy ishlanma ikki soatga mo’ljallangan hajmdagi materialni o’z ichiga olgan bo’lib, ushbu o’quv metodik ishlanmada Model va modellashtirish,model turlari haqida umumiy ma’lumot o’z aksini topgan.

Dars jarayonida aqliy hujum, texnik vositalardan foydalanish, o’quvchi va o’qituvchining dasturli faoliyati munozara va boshqa usullaridan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi.

Ushbu uslubiy ishlanma kollejning barcha yo’nalishlar uchun ishlatilishi mumkin.



Download 262.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 262.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuzuvchi: Sh. Abdiyeva – Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji Informatika fan o’qituvchisi

Download 262.5 Kb.