248
Rahbar, ayrim xarakteri og’ir, ishchilar bilan alohida ishlashi va ularga
boshqacha yondoshishi, ya’ni ish natijasini yomon baholashga shoshmasligi va shu
asosda ularga xayfsan e’lon qilishi yoki jazolashi noto’g’ridir. Yaponiya ilmiy
maktabida shunday deyiladiki, samarali mehnatni amalga oshirish uchun ishchilarni
koyish o’rniga ularni ikki barovar maqtashi lozim. Insonlarni shaxsiy qiziqishini
hisobga olishi rahbar va tashkilotchining samarali faoliyat olib borishining sharti
hisoblanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda rahbarning murakkab vazifasi, ya’ni davlat,
jamoa va shaxsning qiziqishlarini birlashtirishni bilishi lozim. Bundan tashqari u
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy
rag’batlantirishni to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim.
Sex rahbarlari, ustalar ishchilarning qiziqishlarini tushunib yetishishlari,
ularda bo’lib turadigan muammolarni o’rtoqlarcha hal qilishlari, qilgan xatolarini
yo’li bilan tushuntirishlari, hamda ularning ish natijalariga to’g’ri baho berishlari,
uy sharoitlaridagi kamchiliklariga yordam berishlari, ularni ruhan ko’tarinlikka olib
keladi va rahbarga nisbatan hurmatini oshiradi. Albatta, shundan so’ng har bir ishchi
o’z ishiga mehr qo’yadi va berilgan vazifalarni sifatli qilib bajarishga harakat qiladi.