|
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh Pdf ko'rish
|
bet | 135/175 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 4,58 Mb. | | #250503 |
Bog'liq Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
13.4-rasm
Boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchilar
“BOSHLIQ O’RNINI KIM BOSA OLADI?” O’QUV KEYSI
Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo’lim boshlig’i etib tayinlangan edi. Shu
muddat ichida u birinchi bor betob bo’lib qoldi va ishga chiqa olmadi. Baxtga qarshi
shu kuni boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi...
Uni xayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo’limda nima bo’layotgan ekan?
Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo’ng’iroq
qilmayapti yoki maslahatlashmayapti? Тo’g’ri, ta’til vaqtida Fayziyev o’rnimga
uncha muhim bo’lmagan vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga
Iqtisodiy
Texnik va texnologik
Ijtimoiy
Tashkiliy
Harakat doirasi
bo‘yicha
qarorlar
Strategik qarorlar
Taktik qarorlar
Operativ qarorlar
Korxona rahbari,
direktorlar kengashi
O'rta pog'ona
menejerlari
Quyi pog'ona
menejerlari/ishchilar
243
qoldirgandi. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik edi. Balki o’rinbosar to’g’risida o’ylab
ko’rish kerakdir...
Garchand xush yoqmasada, Usmonov bu haqda ilk bor o’ylanib qoldi va
hayolan vaziyatni tahlil qila boshladi.
Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega?
U tajribani qayerdan oladi. Shundoq ham o’zining ishlari yetib ortadi,
umuman o’zi bunga rozi bo’larmikan? Agar rozi bo’lganda ham uning ishlarini kim
bajaradi? Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo qo’yish huquqiga egami? Agar
vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo’l qo’ysa, noto’g’ri qaror qabul qilsa,
u holda kim javob beradi.
Fayziyev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsiyevdir? U har
xolda jamoa bilan tez chiqishuvchan.
Bu fikridan Usmonovning harorati ko’tarildi...
Agar Rixsiyev bo’lim boshlig’i vazifalarini a’lo darajada uddalasa, nima
bo’ladi? Chunki u yaqindagi malaka oshirishda bo’lgan va murakkab kompyuter
dasturlari bilan ishlashni yaxshi biladi.
Balki, shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan?
Usmonov o’zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o’ylashga
qaror qildi...
Тopshiriq:
1.
Bo’lib o’tgan vaziyatni tahlil qiling va menejment atamalari asosida
tavsiflang.
2.
D.Usmonovda paydo bo’lgan savollarga javob berishga harakat qiling va
javoblaringizni asoslang.
3.
Siz D.Usmonovning rahbarlik uslubini qanday baholaysiz?
4.
Muqobil o’rinbosarlarning (shtat yoki o’rindoshlik bo’yicha vaqtincha
vazifasini bajaruvchilarning) yutuq va kamchiliklarini tahlil eting. Ushbu
variantlarning qaysi biri qanday vaziyatlarda ma’qulroq?
|
| |