|
Temir yo‟l transporti ob‟ektlarida yig‟ma
|
bet | 1/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 431,98 Kb. | | #253438 |
Bog'liq Temir yo\'l transporti ob\'ektlarida yig\'ma temir betonni qo\'llash. 17-MA‟RUZA
Temir yo‟l transporti ob‟ektlarida yig‟ma temir betonni qo‟llash. Yig‟ma temir beton konstruktsiyalarini montaj qilish kompleks jarayoni tarkibi. Strop moslamalarining turlari. Konstruktsiyalarni ko‟tarish, yo‟naltirish, o‟rnatish, to‟g‟irlash, vaqtincha va doimiy mustaxkamlash.
Reja:
Temir yo’l transporti ob’ektlarida yig’ma temir betonni qo’llash.
Yig’iluvchi konstruksiyalar turlari.
Yig’ma temir beton konstruktsiyalarini montaj qilish kompleks jarayoni tarkibi.
Strop moslamalarining turlari.
Konstruktsiyalarni ko’tarish, yo’naltirish, o’rnatish, to’g’irlash, vaqtincha va doimiy mustaxkamlash.
Temir yo‟l transporti ob‟ektlarida yig‟ma temir betonni qo‟llash
Transport binolarining konstruktiv va hajmiy-tarxiy yechimlariga ularni ichidagi texnologik jarayonlar, ya’ni xarakatdagi tarkibga xizmat ko’rsatish, ustaxonalar, ma’muriy-maishiy xizmat ko’rsatuvchi xonalar va boshqalar kiradi.
Hozirgi paytda transport binolari asosan yig’ma temir betondan va g’ishtdan barpo etilmoqda.
Masalan, 50 ta yo’lovchi uchun quriladigan vokzal binosi uchun umumiy temir betonni hajmiga nisbatan g’isht terish ishlari 25% tashkil etadi.
Vagonlarni texnik ko’rikdan o’tkazish binosining loyihasida 309m3 yig’ma temir betonni hajmiga 102m3 g’isht terish ishlari, elektr bilan ta’minlash bosh korpusi binosidagi 476m3 yig’ma temir betonga 805m3 g’isht terish ishlari va 387m3 yaxlit beton ishlari to’g’ri keladi.
Yana bir boshqa guruxdagi binolar va inshootlarga: oqava suvlarni biologik tozalash stantsiyalari, kanalizatsiya-nasos stantsiyalari, transformator podstantsiyalari, yo’lovchilar platformalar va boshqalar kiradi.
Bunday bino va inshootlarni qurish muddatlari 1 oydan 48 oygacha davom etadi. Ko’pchilik inshootlarning me’eriy qurish muddati 12–20 oygacha.
|
| |