Strop moslamalarining turlari




Download 431,98 Kb.
bet3/4
Sana25.05.2024
Hajmi431,98 Kb.
#253438
1   2   3   4
Bog'liq
Temir yo\'l transporti ob\'ektlarida yig\'ma temir betonni qo\'llash.

Strop moslamalarining turlari


Montaj jarayonida konstruktsiyalarni stroplash uchun qo’llaniladigan yuk ushlash moslamalari qatoriga stroplar, traversalar va tutqichlar kiradi.
Egiluvchan stroplar po’lat arqonlar ko’rinishida bo’lib, ular yengil ustunlar, to’sinlar, devor panellari, orayopma va tom yopma plitalari, konteynerlar va sh.k. larni ko’tarishda qo’llaniladi. Stroplar yopiq sirtmoq, ko’rinishida (uzunligi 8...15 m, diametri 19,5...30 mm) va bir uchiga xalqa, ikkinchi uchiga ilmoq (yoki karabin) mahkamlangan (diametri 12...20 mm) ko’rinishda bo’ishi mumkin(3- rasm). Ilmoqli (karabinli) stroplar bir, ikki, to’rt va olti shoxchali bulishi mumkin. Olti shoxchali stroplar yirik o’lchamli plitalarni ko’tarishda qo’llaniladi.

3-rasm. Strop moslamalarining turlari.


Uzun o’lchamli konstruktsiyalarni ko’tarishda traversalardan foydalaniladi. Traversalar to’sinsimon va panjarasimon ko’rinishda bo’lishi mumkin. To’sinsimon traversalar ikkita shvellerdan tarkib topgan metall to’sin ko’rinishida bo’lib, to’sin uchlariga aylanuvchi blok o’rnatiladi va bu bloklarga stroplar osiladi.
Panjarasimon traversalar esa uchburchakli metall fermalar ko’rinishida tayyorlanadi (4-rasm).


4-rasm. Konstruktsiyalarni montaj qilishda qo’llanadigan traversalar turlari.





  1. jadal.Strop moslamalarning xarakteristikasi.


Strop uchlarini konstruktsiyaga mahkamlovchi qurilmalar tutqichlar deb nomlanadi. Tutqichlar sirtmoqli va sirtmoqsiz turlarga bo’linadi. Sirtmoqli tutqichlar uchun montaj qilinadigan konstruktsiyani tayyorlash jarayonida sirtmoqdar hosil qilinadi. Sirtmoqsiz tutqichlarga tiqinli, friktsion, ramkali,
konsolli, vakuumli va sh. k. tutqichlar kiradi. Tiqinli tutqichlar ustunlar va fermalarni ko’tarishda foydalaniladi. Friktsion tutqichlar ishqalanish kuchi ta’sirida tutib turishga asoslangan bo’lib, ustunlar montajida qo’llaniladi. Ramkali tutqichlar ustunlarni ko’tarishda, konsolli tutqichlar plitalarni ko’tarishda, vakuumli tutqichlar esa yupqa devorli konstruktsiyalarni ko’tarishda ishlatiladi.



    1. Download 431,98 Kb.
1   2   3   4




Download 431,98 Kb.