|
Yig‟iluvchi konstruksiyalar turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 431,98 Kb. | | #253438 |
Bog'liq Temir yo\'l transporti ob\'ektlarida yig\'ma temir betonni qo\'llash.
Tizimli bino bilan bino tizimining farqi, uning turli xilda yig’iluvchisidadir. Ushbu jarayon qurilishning maxsus shaklini tanlab olishni taqozo etadi. Odatda yig’ish tizmi montaj xarajatlari va vaqtni tejash bilan bog’liq jarayon hisoblanadi. Biroq, faqat qo’shimcha me’zonlarga qaralsa, muayyan loyiha uchun maqbul tizimni tanlashga yodam beradi. Bugungi kunda kichik va o’rta ko’lamdagi loyihalar qurilishi 2 ta asosiy printsip asosida qurilmoqda:
Modulli muvofiqlashtirilgan, asoslangan tizimlar;
Ko’rsatib o’tilgan printsiplar orqali alohida yig’ish (masaln, yog’och platform uchun ramkali konstruktsiya);
Shu bilan birga, ikkala tizim keng ko’lamli ishlab chiqarish hisobiga, o’ta rivojlanmoqda31.
31 Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007. –(279)
Yig‟ma temir beton konstruktsiyalarini montaj qilish kompleks jarayoni tarkibi
Konstruktsiyalar montaji deb, bino yoki inshootni tayyor konstruktsiya yoki elementlardan tiklashning sanoatlashgan va mexanizatsiyalashgan kompleks jarayoniga aytiladi.
Konstruktsiyalar montajining kompleks jarayoni quyidagi oddiy jarayonlardan tashkil topadi:
Transport jarayoni–bunga konstruktsiyalarni va yordamchi materiallarni tashib keltirish, tushirish, taxlash va ularni montaj zonasiga yetkazib berish kiradi;
Tayyorgarlik jarayoni-bunga montaj moslamalarini tayyorlash, konstruktsiyalarning sifatini va geometrik ulchamlarini tekshirish, zarur hollarda konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish va kuchaytirish, konstruktsiyani ko’tarishga tayyorlash; so’ri, narvon va to’siklarni o’rnatish; tug’rilash va vaqtinchalik mahkamlash moslamalarini o’rnatish; montaj tayanchlarini o’rnatish kiradi.
Montaj jarayoni–bunga konstruktsiyani ilish (stroplash), ko’tarish va o’rnatish joyiga uzatish, yo’naltirish, loyiha joyiga o’rnatish, ilmoqni bo’shatish va dastlabki o’rniga qaytarish, konstruktsiyani vaqtinchalik mahkamlash, zangdan himoya ishlari, uzil-kesil mahkamlash kiradi.
Konstruktsiyalar montaji transport, tayyorgarlik va montaj jarayonilarini yuqori darajada mexanizatsiyalashtirish asosida oqim uslubida olib boriladi. Tiklanayotgan binoni montaj uchastkalariga bo’lib montaj ishlari va montajdan keyingi ishlarni kirishtirib (qo’shib) olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Konstruktsiyalar montaji montaj ishlarini bajarish loyihasi (MIBL) asosida amalga oshiriladi. MIBL tarkibiga quyidagilar kiradi: montaj uslublari va usullari, asosiy montaj mashinalarining turi va markasi, bino yoki inshootning montaj uchastkalariga bo’linishi, montaj jarayonining texnologik ketma-ketligi, so’ri va havozalarni o’rnatish joyi, konstruktsiyalarni vaqtinchalik va uzil-kesil mahkamlash usullari, ishlarni xavfsiz bajarishga oid chora-tadbirlar.
1-rasm. Konstruktsiyalar montaji jarayoni.
Bino va inshootlar montaji quyidagi uslublarda olib boriladi:
Kichik elementli montaj–konstruktsiyani alohida detallardan yig’ib loyiha joyiga o’rnatish. Bu uslub choklarning ko’pligi, so’ri va havozalarni ko’p martalab qayta o’rnatishga to’g’ri kelishi, montaj ishlarining uzoq, davom etishi sababli kam qo’llaniladi.
Elementlab montaj qilish–konstruktiv elementlarni ma’lum ketma-ketlikda montaj qilish (ustunlar, to’sinlar, plitalar va sh.k.). Bu uslub temirbeton konstruktsiyalardan tiklanadigan sanoat va turar-joy binolarida keng qo’llaniladi.
Bloklab montaj qilish-bu uslubda alohida konstruktsiyalar avval tekis yoki fazoviy blok ko’rinishida yiriklashtirib yig’ib olinadi, so’ngra yig’ilgan bloklar loyiha joyiga o’rnatiladi. Tekis bloklar asosan metall va yog’och konstruktsiyalar montajida qo’llaniladi. Fazoviy bloklar yarim tayyor va to’liq tayyor holda bo’lishi mumkin. To’liq tayyor bloklar bino yoki inshootning bir qismini tashkil etib, loyiha joyiga o’rnatilgandan so’ng xech qanday qurilish ishlari talab etilmaydi. Agar to’liq tayyor bloklarga montaj qilishdan avval texnologik, elektrotexnik, ventilyatsion, sanitariya-texnikaviy va boshqa jihozlar o’rnatilsa, bunday bloklar qurilish-texnologik bloklari deb nomlanadi.
2-rasm. Inshootlarni montaji qilish uslublari
|
| |