|
Konstruktsiyalarni ko‟tarish, yo‟naltirish, o‟rnatish, to‟g‟irlash, vaqtincha va doimiy mustaxkamlash
|
bet | 4/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 431,98 Kb. | | #253438 |
Bog'liq Temir yo\'l transporti ob\'ektlarida yig\'ma temir betonni qo\'llash. Konstruktsiyalarni ko‟tarish, yo‟naltirish, o‟rnatish, to‟g‟irlash, vaqtincha va doimiy mustaxkamlash
Konstruktsiyalarni montaj zonasiga uzatishning tashkil etilishiga ko’ra montaj ishlari ikki xil uslubda olib boriladi:
Konstruktsiyalarni montaj kranining harakat zonasiga avvaldan taxlab olib montaj qilish;
Konstruktsiyalarni bevosita transport vositasidan olib montaj qilish.
Montaj jarayonining yo’nalishiga ko’ra bo’ylama uslub (binoning bo’ylama o’qlari bo’ylab) ko’ndalang uslub (konstruktsiyalar binoning ko’ndalang o’qlari bo’ylab ketma-ket montaj qilish) qo’llaniladi (5-rasm).
Bino yoki inshootning balandlik bo’yicha tiklanishiga qarab ustidan o’stirish va ostidan o’stirish uslublari mavjud.
Konstruktsiyalarni loyiha joyiga aniq o’rnatishni ta’minlash usullariga ko’ra montaj uslublari quyidagi turlarga bo’linadi: erkin, cheklangan-erkin va majburiy.
5-rasm. Konstruktsiyalarni montaj jarayoni.
O’rnatilgan ustunlarni vaqtinchalik mahkamlashda pona, ponasimon tiqin, tortqi va konduktorlardan foydalaniladi. Ustun balandligi 12m dan 18m gacha bo’lganda, ponaga qo’shimcha ravishda 2 ta tortqi bilan mahkamlanadi. Ustun balandligi 18m dan ortiq, bo’lganda, kamida 4 ta tortqi bilan vaqtinchalik mahkamlanishi kerak. Ustun va poydevor chokini beton qorishmasi bilan yaxlitlash ikki bosqichda bajariladi: dastlab ponaning ostki sathigacha; so’ngra beton loyiha mustahkaxmligining 70 % ini egallagach ponalar chiqarib tashlanadi va qolgan qismi betonlanadi. Temirbeton ustunlar yuqori qismining yo’l qo’yiladigan chetlanishi ±10mm ni, metall ustunlar uchun ±5mm ni tashkil etadi.
6-rasm. Poydevorlar turi.
Stakan poydevor; b) Stakan poydevor to’sini.
Mavzu bo‟yicha nazorat savollari:
Temir yo’l transporti ob’ektlarida turlarini keltiring?
Yig’ma temir beton konstruktsiyalarini montaj qilish kompleks jarayoni tarkibi etib bering?
Strop va traversi moslamalarining turlari etib bering?.
Konstruktsiyalarni ko’tarish, yo’naltirish, o’rnatish, to’g’irlash, vaqtincha va doimiy mustaxkamlash deganda nima tushinasiz?
|
| |