239
Тakrorlash uchun savollar
1.
Boshqaruv qarorlari qanday ko’rinishlarga bo’linadi?
2.
Тezkor va strategik qarorlar nima bilan farqlanadi?
3.
Boshqaruv qarorlari samaradorligiga qanday omillar ta’sir etadi?
4.
Boshqaruv qarorlariga qanday talab qo’yiladi?
5.
Boshqaruv qarorlarining ilmiy asoslanganligi deganda nimani tushunasiz?
6.
Qarorni bajarishning yakunlovchi bosqichi deganda nimani tushunasiz?
7.
Qarorning bajarilishini nazorat qilishdan qanday foydalaniladi?
8.
Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullariga misollar keltiring
9.
«Kommunikatsiya», «kommunikatsiya jarayoni» ga ta'rif bering va asosiy
kommunikatsiya turlarini ayting.
10.
Boshqarishda axborotlar qanday rol o'ynaydi?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
1.
Qaror – bu
A) mavjud holatning, bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida
yuzaga keluvchi jarayondir
B) bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir
C) bir necha muqobil (alternativ paydo bo’lganda vujudga keladigan jarayondir
D) bajariladigan ishlarni rejalashtirishdir.
2.
Qaror qabul qilish – bu :
A) maqsadga erishish uchun tashkilot rahbarining o’z vakolati va amalkorligi
doirasida muqobilni tanlash jarayonidir
B) u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga kelish yoki qanday bo’lmasin bir
fikrga kelishdir
C) menejerning fikri zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir
D) tashkilot rahbarining o’z vakolati va amalkorligi doirasida muqobilni tanlash, u
yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga kelish yoki qanday bo’lmasin bir fikrga
kelishdir