245
Ishlab chiqarish jamoasi moddiy boyliklarni vujudga keltirish bilan bevosita
mashg’ul bo’lgan kishilarni birlashtiradi.
Ishlab chiqarish jamoalarini rivojlantirishni majmuiy rejalashtirish jamoaning
ijtimoiy tuzilmasida progressiv o’zgarishlar qilishga, mehnat sharoitini
takomillashtirishga, xodimlarning ma’lumoti
va malakasini oshirishga, ularning
ijtimoiy-madaniy va uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilashga, ularga oliy darajada
xizmat ko’rsatish, ishchilarni huquqiy muhofaza qilishga rahbar javobgar
hisoblanadi
Mehnat jamoasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashar ekan, eng kam
sarf xarajat qilgan holda sifatli mahsulot ishlab chiqarishga, muayyan ish hajmini
bajarishga intilmog’i zarur.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish korxona jamoalarining mehnat
faoliyatini faollashtirishga hamda boshlang’ich ishlab chiqarish bo’g’inlari-
uchastkalar va sexlarni boshqarishni takomillashtirishga ko’p jihatdan bog’liq
bo’lib, ustalar bu vazifani hal qilishda muhim rol o’ynaydilar.
Ustalarni va sex boshliqlarining ishni yanada
yaxshilash ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga hamda zahiralarni aniqlashga yordam beradi.
Ustalar va sex boshliqlarining ishini yanada yaxshilash, ishni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun bo’linmalarning rahbarlari ishlab chiqarish samaradorligi
ko’rsatkichlarini hamda uni oshirishning asosiy yo’llarini chuqur tahlil qilishlari
zarur. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi darajasini to’g’ri belgilash ilmiy
rejalashtirishning zarur shart-sharoitlarini, xo’jalikni to’g’ri
olib borish va ish
sifatini to’g’ri baholashning muhim sharti hisoblanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini belgilash uchun ko’rsatkichlarning shunday
tizimi bo’lishi zarurki, bu tizim boshqaruvning turli darajalarida ishlab chiqarishning
natijalarida baholashga bir xilda yondoshishni ta’minlashda hamda ishlab
chiqarishning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar qaysiki, ulardan har biri va
hammasini birga qo’shganda qanday ta’sir etadi, degan
savollarga javob berishi
kerak.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi yordamida qancha iqtisod qilinganligini
246
o’lchash, hozirgi va o’tgan davrda mahsulot birligiga qilingan sarflarini taqqoslash
kelgusida qancha mehnatni tejash mumkinligini aniqlash mumkin. Biroq,
samaradorlikni birdan-bir ko’rsatkichi mehnat unumdorligi ko’rsatkichi emas, balki
mahsulot birligiga material, fond va kapital mablag’ sarfi ham katta ahamiyatga ega.
Bularning hammasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, bir butun tizimni
tashkil etadi. Chunki ulardan har biri ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni turli
tomondan aks ettiradi. Zavod ichidagi bo’linmalarning faoliyatini baholash uchun
shuningdek samaradorlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Bo’linmalar
ishining natijalariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli sexlardagi ishlab
chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari umumzavod ko’rsatkichlariga
muvofiq
kelishi shart.
Shunisi muhimki, har bir ishlab chiqarish jamoasi rahbarning ish vaqtidan
foydalanishni yaxshilash haqida g’amxo’rlik qilishi birinchi darajali ahamiyatga
ega. Siyosiy-tarbiyaviy ish olib borish va mehnatkashlarning madaniy-texnikaviy
darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash zarurdir. Ishlab chiqarishda
kadrlarni o’z joyiga qo’yib ishlata bilish rahbarning tadbirkorligini ko’rsatadi.
Rahbariyat texnika xavfsizligini ishlab chiqarishida ko’p xarajatga yo’l
qo’yilmaydigan zamonaviy
vositalarni joriy qilishga, kasb kasalliklari bilan
og’rishini oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlab berishga
majbur.
Korxonada xizmat qilayotgan ishchilar o’z huquqlarini tushuna bilishi va o’z
huquqlaridan unumli foydalana bilmog’i kerak. Avvalo o’z huquqidan mahrum
qilinganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish kerak.
Basharti korxona
ma’muriyati xodimning talabini asosli deb topsa, u bu talabni to’laligicha qondirishi
lozim.