27
2.1-chizma. Korxonaning maqsadi
Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni
amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga
texnik, ijtimoiy va ekologik
maqsadlar
ni kiritish mumkin. Тalabga va standartga javob beradigan mahsulot
yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga
oshirish uchun texnik maqsadlar qo’yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni
yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko’rsatkichlarini standartga moslash, ishlab
chiqarish salohiyatini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib,
korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo’yiladi.
Тabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko’rinishdagi ofatlarni
(yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik
maqsadlar amalga oshiriladi.
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator
vazifalar
ni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko’rsatib o’tamiz.
Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo’jalik
aloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik
ta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik
va hokazo vazifalar.
Sanoat korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviy
texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa
sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga
bog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining
kuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish
vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi
turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi.