Korxona
- jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini
qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida,
xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan,
ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati
bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega
bo’lgan, har xil o’lchamdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga
turlanadi. “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga
chiqadi:
-
xususiy mulk;
-
shirkat (jamoa) mulki;
-
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat
davlat mulki;
-
aralash mulk;
-
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy
shaxslarining mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi
mumkin:
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar;
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
33
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
- aralash mulkga asoslangan qo’shma korxonalar;
- xorijiy davlatlar, chet el fuqarolari mulkiga asoslangan korxonalar.
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy
ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim;
infratuzilma (infratuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va
diniy tashkilotlar korxonalariga.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va
sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha
yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish
bilan bog’liq bo’lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha
yillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish
tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh
kishi bo’lgan
mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish
materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan
ikki yuz kishi;
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochsozlik, mebel sanoatidagi,
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish
sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band
bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi;
34
fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari
(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa sohalardagi, band bo’lgan xodimlarining
o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan
|