300
moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
Kapital qurilish
- asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni
qayta
tiklash,
kengaytirish,
texnik
jihatdan
qayta
qurollantirish
va
zamonaviylashtirish yo’li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
Kapital sig’imi
- asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab
chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini milliy daromad, sof daromad,
foydaga nisbatan tavsiflovchi ko’rsatkich.
Qaror
– to’xtam, bitim, bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab
olish, u yoki bu yo’lni tanlab olish, bir fikrga kelish.
Qaror qabul qilish
–korxona yoki tashkilot rahbarining o’z vakolati va omilkorligi
doirasida maqsadga erishish yo’lining muqobilni tanlash jarayoni.
Kartel –
bir soha firmalarining bir-birlari bilan birgalikdagi tijorat faoliyati haqida
kelishuvi orqali uyushishi.
Kibernetika
– murakkab dinamik tizimlarni maqsadli va optimal (maqbul)
boshqaruv to’g’risidagi fan yoki soha.
Qimmatli qog’ozlar bozori
– aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho
qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozori.
Qobiliyat -
kishiga xos daraja, xislat (masalan, mehnat, aqliy va b. qobiliyat).
Kombinatsiyalash
– bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir
nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan
birlashtirishda ifodalanuvchi ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
Kompaniya
- tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, pay kapitali
asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.