303
Mahsulotning material sig’imi
–
xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy
resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari.
Mahsulotning mehnat sig’imi
– mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari
bo’lgan
kattalik, yaani moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati.
Mahsulotning texnik darajasi
– baholanayotgan
mahsulotning texnik
takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi
ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifi.