Sifat – mahsulotga mujasamlangan kimyoviy, fizik, mexaniq va boshqa istehmol
xususiyatlari majmuasi.
Smenalilik koeffisienti –uskunalarning vaqt bo’yicha ish bilan tahminlash darajasi
ko’rsatkichi; kun davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o’rnatilgan
barcha smenalar soniga nisbati.
Standartlashtirish - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga
solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va
qo’llash. Uning natijasi hujjatlar, standartlar, yo’riqnomalar, usullar, talablarda aks
ettiriladi
Steriotip qaror – rahbar faoliyati qat’iy ravishda yo’riqnomalar, mehyoriy hujjat
hujjatlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan hollarda qabul qilinadi.
Strategik menejment – istiqboldagi maqsadni va korxona imkoniyati bilan
xodimlar manfaatini uyg’unlashtirishga mo’ljallangan uzoq muddatli boshqaruv
tarzi.
Strategiya – grekcha “trategos” - “generallik sanhati” mahnosini berib, korxona
istiqbolini aniqlash va mahorat bilan belgilangan maqsad sari intilisdagi boshqarish
mahorati, rahbarlik sanhati.
Tamoyil – har qanday faoliyatda, shu jumladan boshqaruv faoliyatida ham tayanish
mumkin bo’lgan aksioma, tarz.
Tashabbusli qarorlar – tashabbus mazmuni bo’yicha qabul qilingan istiqbolli
boshqaruv qarorlari.
Tashkiliy-mahmuriy usul – boshqaruv apparatining muayyan tizimi tuzilib, har bir
boshqaruv bo’g’inining funktsiyalari belgilanadigan, boshqaruv qarorlari mahmuriy
yo’llar bilan qabul qilinadigam boshqaruv usuli.
306
Tashkilot – bu ikkitadan kam bo’lgan guruh odamlarning bir maqsadga
yo’naltirilgan ongli mehnat jamoasi.