Investitsion loyihalarni baholash




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/175
Sana24.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#252719
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   175
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

4.6. Investitsion loyihalarni baholash 
Investitsion loyiha
bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u 
investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro 
tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi 
hamda tushintiradi. Qisqa qilib aytganda investitsiya loyihasi investitsiyadan 
foydalanish rejasini anglatadi. 
Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan 
keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.
Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni 
aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital 
qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. 
Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti (K
s
) milliy 
daromadning o’sish miqdorini (

MD) kapital qo’yilmalar summasiga (K
k
) nisbatan 
aniqlanadi, ya’ni: 


81 
 
 
 
 
 
𝐾
𝑠
=

MD
𝐾
𝑘
Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) 
koeffitsiyenti (K
ks
) quyidagicha hisoblanadi. 
𝐾
𝑘𝑠
=
𝑀𝑘−𝑇
𝐾
yoki 
𝐹
𝐾
Bu yerda: M
k
- yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati; 
Т - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi; 
F - yillik foydaning miqdori. 
Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har 
bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi. Ya’ni: 
Т
i
 + Ye
n
 

 K 

 min
Bu yerda: Т
i
- i varinatdagi xarajatlar; Ye
n
- kapital qo’yilmalar samaradorligi 
koeffitsiyenti; K - kapital qo’yilmalar summasi. 
Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday 
sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsiyentlar bo’yicha aniqlanadi, ya’ni: 
 
𝐵 =
1
(1 + 𝐸
𝑛
)
𝑡
Bu yerda: Ye
n
- har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi; t - 
mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan vaqt. 
Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf 
darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi kabilar 
hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish 
investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahon amaliyotidan shu ma’lumki pulni 
banklarda saqlash eng qulay hisoblanadi, chunki omonatchi undan foiz oladi. 
Pulni investitsiya qilish (ishlab chiqarishga qo’yish yoki qimmatbaho 
qog’ozlar sotib olish) 
investorga faqatgina unga bank tamonidan beriladigan 


82 
foizdan ko’proq daromad keltirsagina foydaliroq bo’ladi
. Bu investorlar uchun 
birinchi qoida bo’lib hisoblanadi. 
Investorlarning ikkinchi qoidasi - 
investitsiya rentabelligi inflyatsiya 
darajasidan yuqori bo’lishi kerak

Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan 
qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. 
Investitsiya loyihasini baholashda xarajatlar va daromadlarini har xil davrga 
solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Chunki xarajatlar biron davrda ishlatiladi, 
daromad esa nafaqat biron davrdan keyin, u asosan xarajatlar amalga oshirgandan 
keyin kela boshlaydi. Shu sababli davriy pul qiymati degan tushuncha ishlatiladi. 
Ushbu ko’rsatkich oldin olingan 1 so’m keyin olingan 1 so’mdan qimmatroq 
turishini anglatadi. 
Shu sababli iqtisodiy va moliyaviy tahlilda so’mning joriy va kelajakdagi 
qiymatini hisoblaydi, tahlil qiladi. Bunday hisob-kitoblar diskonlashtirish deb 
yuritiladi. 
Diskontlashtirish investitsiya yoki pul oqimlarini kelgusidagi qiymatining 
joriy bahoda ifodalanishi tushuniladi. 
Diskontlashtirish murakkab foiz hisoblashning teskari jarayonidir. Murakkab 
foyiz usuli orqali investitsiyaning kelajak qiymati (I
k.q.
) quyidagicha aniqalanadi:

Download 4,58 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish