139
iborat. Va, albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
yo’qotishlarni iloji boricha kamaytirish.
Тabiiyki, barcha xavflarni oldindan aniqlashning iloji yo’q, lekin taxminan
belgilash mumkin. Shundan keyin Siz ushbu xavflarga qarshi qanday choralar
qo’llashingizni bayon qilishingiz va bu vaziyatdan chiqib ketish dasturingizni
tuzishingiz kerak. Shuningdek, qanday sug’urta polislarini va qanchaga olishingizni
ham bayon qilishingiz zarur.
Hamkor va sarmoyadorlarga turli shakllardagi kafolatlar berilishi mumkin.
Ular orasida federal, hududiy, mahalliy organlar kafolatlari, sug’urta, aktivlarni
(ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar va h.k.) garovga qo’yish, bank kafolatlari,
huquqlarni berish, tovar kafolatlari (tayyor mahsulot bilan) kabilarni ajratib
ko’rsatish mumkin.