• Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablari
  • 4.2Atrof muxit muhofaza qilish
  • Xavfli ishlab chiqorish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g`risida qonunlar




    Download 2,85 Mb.
    bet7/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #246960
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    HISOBOTtttttttt

    4.2Xavfli ishlab chiqorish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g`risida qonunlar
    Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
    Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
    Xavfli ishlab chiqorish obyrktlarida avariya va inshoatlar va xavfli ishlab chiqorish obyektlarida qo`llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo`lmaydigan portlash va xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
    Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablari
    Xavfli ishlab chiqarish obyektining xodimlari:

    • sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari;

    • sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tishlari;

    • xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;

    • xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;

    • xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.


    4.2Atrof muxit muhofaza qilish
    Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg‘izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so‘zsiz, O‘zbekiston va Qozo­g‘iston respublikalarida atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda.. Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshla­rida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy ob’yekt­lardan teng huquqli foydalanish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913-yil 17—19-noyabrda Shveytsariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasi darajasiga ko‘tardi.

    Download 2,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfli ishlab chiqorish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g`risida qonunlar

    Download 2,85 Mb.