|
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
|
bet | 8/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #246960 |
Bog'liq HISOBOTtttttttt4.3Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi.
Favqulodda vaziyatlarda OUEO`S konida
Tez yordam 79 577 82 01
Yong`in xavfsizligi 79 577 56 03
Xulosa
Men malakaviy ishlab chiqarish amaliyotimni zarafshon shahridagi oltinni uyumini eritmaga utgazish sexida olib bordim.Zero, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada mustahkamlashda uning hududida tarqalgan foydali qazilma zaxiralaridan samarali foydalanish, milliy iqtisodiyotimizning barcha sohalarini bir ma’romda rivojlantirish uchun yer haqidagi fanlarning ilg‘or ilmiy xulosalariga tayanish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish orqali zamin muhofazasini ta’minlash muhim ahamiyatga molik vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli ham mustaqilligimizning dastlabki yillarida NKMK da “Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi (hozirgi OUIS koni) barpo qilindi. Bu kon Muruntov konining avvaldan to’plangan kambag’al tarkibli ma’danlaridan uyumlab tanlab oltinni eritmaga o’tkazish kompleksi qurildi va foydalanishga topshirildi. Kambag’al rudalar va texnogen qatlamlarning oltin konlarini o’zlashtirishda uyum bilan eritish texnologiyasi muhim rol o’ynaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak “Oltinni uyumlab ishqorlash sexi” konining asosiy vazifasi “Muruntov” karyeridan olinayotgan tarkibida oltin bo’lgan ma’danlarni qayta ishlashdan iborat. Uyumlab ishqorlash minerallarni qayta ishlashning moslashuvchan va tejamkor usuli bo’lib, odatda oltin miqdori kam bo’lgan rudalardan oltinni ajratib olish uchun qo’llaniladi. Ushbu jarayonda avval ma’danni mayda zarrachalarga maydalash kerak va sianli eritma yordamida ruda tarkibidagi oltin eritiladi. Keyingi bosqichda esa oltin eritmadan adsorbsiya usuli yordamida ajratib olinadi va ajratib olingan oltinli metall 99.99 % li oltin slitka quyish uchun GMZ-2 zavodiga yuboriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. A.Barry Wiils and A.James Finch. «Wiil’s Mineral Processing Technology». USA University of Technology, 2007.
2. I.K. Umarova. «Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi». Toshkent, 2013.
|
| |