|
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari
|
Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #152381 |
Bog'liq 1-MA’RUZA Kirish
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
Asosiy adabiyotlar
1. Davin J.P., Jackson M.J. Manifacturing technology. Nova Science Publishers, Inc., USA, 2015.
2. Технология автомобилестроения. Под ред. А.И. Дащенко. - М.: Акад. проект, 2005. - 684 с.
3. Халикбердиев Т.У. Машинасозлик технологияси асослари: Дарслик.-Т.: Ношир, 2012.-416 б.
4. Бурцев В.М. и др. Технология машиностроения. В 2-х т.-М.: Изд. МГТУ им. Н.Э. Баумана, 1998-2001.
5. Омиров А., Каюмов А. Машинасозлик технологияси.-Т.: Ўзбекистон, 2003.- 382 б.
Qo‘shimcha adabiyotlar
6. Перегудов Л.В. ва б. Автоматлаштирилган корхона станоклари. Т.: Ўзбекистон, 1999. -488 б.
7. Гельфгат Й.И. «Сборник задач и упражнений по технологии машиностроения», -М: Высшая школа, 1975, -239 с.
8. Егоров М.E., Дементьев В.Н., Дмитриев М.Л. «Технология машиностроения», -2-е изд., доп. -М.: Высшая школа. 1976, -534.
Bildirgich adabiyotlar:
9. Косилова А.Г., Мещеряков Р.К., Калинин М.А. «Точность обработки, заготовки и припуски в машиностроении». Справочник. – М.: Машиностроение, 1975.
10. Справочник технолога-машиностроителя. В 2-х томах (Под. ред. Косиловой А.Г., Мещерякова Р.К). -М.: Машиностроение 1985.
1-Ma’ruza
Bakalavr tayyorlashda o’quv fanining o’rni va ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Avtomobil va traktorsozlikning tarixi, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari. Avtomobil va traktorlar sifatiniNG texnologik ta’minlanishida konstruktorNING roli
Reja:
- Kirish.
- Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari. Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli.
- Avtomobillar ishlab chiqarishning konstruktorlik-texnologik tayyorgarlik bosqichlari va uning o’ziga xos tomonlari.
- Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo’llaniladigan usullar.
1. Kirish
Bugungi kunda dunyoda 35 milliondan ortiq odam bevosita avtomobilsozlik bilan band, 100 mlndan ortiq odam esa yondosh sanoat tarmoqlarida ishlayapti. Masalan, AQSHda sanoatda ishlaydigan har oltinchi xodim, bu esa taxminan 12,5 mln odam avtomobillarni ishlab chiqarish, sotish, eksplutatsiya qilish va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bilan bevosita yoki bilvosita bog’langan. AQSH avtomobilsozligining yillik investitsiyalari 10 mlrd AQSH dollaridan ortib ketadi.
2. Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari.
Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli
3. Avtomobillar ishlab chiqarishning konstruktorlik-texnologik tayyorgarlik bosqichlari va uning o’ziga xos tomonlari
Avtomobilni loyihalashga kirishishda quyidagi dastlabki ma’lumotlar zarur bo’ladi:
- avtomobilning mo’ljallanishidan kelib chiqqan holda, avtomobil ishining qisqacha tavsifi va texnik talablar;
- avtomobilning umumiy yig’ma chizmasi, uning uzellari yig’ma chizmalari va detallarining ishchi chizmalari;
- yillik dastur hajmi va muddati;
- avtomobillar dasturi uchun korxonaning barcha zaruriy jihozlar bilan taminlanganligi va boshqa korxonalar bilan hamkorlik imkoniyati;
- kadrlar mavjudligi, ularni qayta tayyorlash istiqbollari.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash, ya’ni, mahsulotni umumiy yig’ishning, yig’ma birliklarning va mahsulotlar alohida detallarining konstruksiyalari va chizmalarini spetsifikatsiyalar va konstruktorlik hujjatlarni rasmiylashtirgan holda ishlab chiqish.
2. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, ya’ni, belgilangan muddatlarga, ishlab chiqarish dasturiga binoan va ushbu mahsulotni tayyorlashning minimal sarflarida mahsulotlarni berilgan darajadagi sifat bilan ishlab chiqarishga korxonaning texnologik tayyorligini ta’minlovchi o’zaro bog’liq jarayonlar majmuidir.
3. Mahsulotni tayyorlashning ishlab chiqarish jarayonini muayyan muddatlarda, belgilangan dastur miqdorlarida va sarflarida kalendarli rejalash.
Texnologik tayyorlash ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning eng mas’uliyatli va sermehnat qismi bo’lib hisoblanadi va uning mehnat sarfi (texnik tayyorlashning umumiy mehnat sarfi foizlarida) mayda seriyali, seriyali va yalpi ishlab chiqarish uchun mos ravishda 30-40 %, 40-50 % va 50-60 % ni tashkil qiladi.
4. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo’llaniladigan usullar
Mashinasozlikda
texnologik jarayonlarni ishlab chiqishning ikki usuli qo’llaniladi: operatsiyalarni differensiatsiyalash va konsentratsiyalash. Differensiatsiyalashgan texnologik jarayon kichik miqdordagi o’tishlardan, oddiy operatsiyalardan tarkib topadi va ular universal dastgohlarda bajariladi.
Konsentratsiyalashgan texnologik jarayonda detallarga ishlov berish yuqori samaradorlikni ta’minlovchi, ko’p asbobli dastgohlarda (ko’pkeskichli, ko’pshpindelli va boshqalar) va avtomatik komplekslarda bajariladi.
|
| |