|
MAVZU. QON KETISH TURLARI VA UNDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
|
bet | 84/186 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #256679 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org3. MAVZU. QON KETISH TURLARI VA UNDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Reja:
1) Qon ketish turlari haqida ma`lumot
2) O`tkir qon ketganda shoshilinch yordam ko`rsatish.
3) Qon guruhlarini aniqlash.
4) Bemorlarni qon quyishga tayorlash va uning asoratlari.
Qon ketish qon tomirlari devortininig shikastlanishi, biror kasallik natijasida emirilishi yoki uning o`tkaszuvchanligi oshib ketishi sababli kelib chiqadi.
Shikastlangan tomirning xususiyati va turiga qarab qon oqishininig qo`yidagi turlari farq qilinadi.
1. Arterial qon ketishi- qon ketishninig eng havfli turi bo`lib bu arterial qon tomirlari shikastlanganida yuqori bosim ostida pulssimon qizil alvon rangli qon otilib chiqishi bilan xarakterlanadi.. Bunda bemorda qisqa muddat ichida ko`p miqdorda yo`qotilganligi uchun kamqonlik kelib chiqadi.
2 Venoz qon ketishi- bu vena qon tomiri jarohatlanganda yuzaga chiqadi.Bunda qon bir tekisda , birmuncha sekin oqadi va uning rangi to`q qizil bo`ladi. Bunda markaziy qon tomitrinnig jarohatga yaqin joyini bosganda qon oqishi tuxtaydi.
3. Kappilyar qon ketishi - bu kappilyaralr jarohatlanishidan yuzaga kelib , jarohatning yuzaki qonashi bilan farqlanadi. Qon kurinishi jihatidan arterial va venoz qon orasidagi o`rtacha o`rinni egallaydi. Odatda kappolyardan qon ketishi uz-uzidan tuxtashga moyil buladi.
4. parenximatoz qon ketishi- bunday qon ketishi ichki a`zolar – jigar, taloq, upka, buyrakalrning hamma tomirlari shikastlanganda kuzatiladi. Bunday qon ketishi g`oyat havfli hisoblanib, bunda qomn ketishi tomirlar devorining parenxiamtoz a`zo stromasi tomonidan tutib turilishi, a`zoda antikogulyant moddalar tufayli tromb hosil bo`lmasligidan uz- uzidan tuxtamaydi.
Qon ketishi birlamchi va ikkilamchi(operatsiyadan keyin) shuningdek tashqi, ichki (biror yopiq bo`shliqqa) bo`lishi mumkin. qon oqishining keyingi turi jigar, taloq , upka va buyrak kabi a`zolar shikastlanganda kupincha kuzatiladi.
O`tkir qon ketishi klinikasi.
Bunda teri va shilliq pardalarninig birdaniga oqarib ketishi bilan xarakterlanadi. Bemorning yuzi sulib, kuzi kirtayadi, arterial va venoz qon bosimi pasayadi, puls tezlashib , tuliqligi sust va ipsimon bo`ladi, nafas tezlashadi , bosh aylanadi, a`zoyi badani bushashadi, tashnalik , kuz oldining qoromg`ilashuvi, kungil aynishi, ba`zan qusish kuzatiladi.
Qon yo`qotishda ulim og`ir kislorod etishmovchiligi natijasida nafas markazininig falajlanishi va yurak faoliyatining tuxtashi natijasida ruy beradi. Chaqaloqlar va keksalarda oz miqdorda qon ketishi juda asoratlarga , xatto ulimda olib kelishi mumkin.
Qon ketishini tuxtatish turlari.
Yordam berish sharoitlari va tibbiyot xodimininig malakasiga kura qon oqishini tuxtatish vaqtinchalik yoki uzil- kesil bulishi mumkin.
Qon oqishini vaqtincha tuxtatish usullari.
- Bosib turuvchi bo`glam- qo`l oyoqni immobilizatsiya qilib bva balandga kutarib , bosib turuvchi bog`lab quyiladi. Bunda jaroxatga doza bir necha qavat steril quyiladi va uninig ustidan maxkam bintlanadi yoki jgut quyiladi.
- Qulni bug`imidan bukish - taqim, elka, son arteriyalari jarohatlanganida yuz beradigan qon oqishi ba`zan oyoq- qulni maksimal bukish yoki bo`glam tortib quyish yo`li bilan tuxtatiladi.
- Jarohatda tomirni bosib turish - qo`lga steril qo`lqop kiyiladi va jarohat spirt yoki yod bilan artiladi. Kursatkich barmoq jarohatga kiritiladi va sizib chiqayotgan qon tomirini bosib qon ketishi tuxtatiladi.
- Jarohatni tarang tamponlash- buininig uchun tampon olinib, uni kornsang bilan birin- ketin va tarang qilib tuldirish orqali qon tuxtatiladi. Odatda bu usul burun jarohatlarida kuzatiladi.
- Qonab turgan tomirga qisqich qo`yish – oyoq, qo`l, chanoq , qorin bo`shlig`ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni tuxtatish uchun qo`llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib, qonayotgan qon tomirini qisib qon tuxtatiladi.
- Tomir bo`ylab bosib turish – bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha tomir yaqinida joylashgan suyakka bosish yo`li bilan amalga oshiriladi: umrov osti arteriyasini umrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi 1 qovurg`aga bosiladi. Uyqu arteriyasi barmoq bilan 6- buyin umurtqasininig kundalang usimtasiga , Son arteriyasi Pupart boylamidan pastroqqa kov suyagininig gorizontal suyagining tarmog`iga tarmog`iga bosiladi.
jgut bog`lash - bu arterial qon ketishi ni tuxtatishda asosiy usul xisoblanadi. Arterial qon ketishida jgut jarohatga nisbatan markaziy tomonga qo`yiladi. Jgut solishdan oldin jgut solinadigan terini qisib qo`ymaslik uchun oyoq yoki qo`lga sochiq yoki bint uraladi. Jgutni cho`zib o yoq atrofidan aylantiriladi ,jgut uchlari maxkamlanadi va jgut solingan vaqt yozilgan qog`oz qistiriladi.
Jgut tug`ri solinganida oyoqninig jgutdan chetrog`idagi qismi oqaradi, jgutdan
pastda puls yuqoladi qon oqishi tuxtaydi . Arteriyaga quyilgan jgut ko`pi bilan 1.5-2 soat qoldirilishi mumkin.
Maxsus jgut bo`lmaganda tasma, ro `molcha , tizimcha kabilar ishlatiladi. Yasama jgutninig bosish kuchuini oshirish uchun unga ytayoqcha suqiladi va burash yol`i bilan qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi..
Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi.
Uni shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va u qattiq tortilmaydi.
Bunda oyoq yoki qo`l ko`karadi, arteriyada puls sa qlanib qoladi , qon oqishi tuxtaydi.
Qon oqishini uzil- kesil tuxtatish.
Mexanik usullar : Jarohatdagi tomirni bo`glash bunda qonagan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut)\bilan bog`-di.
- Tomir bo`ylab bo`glash jarohat qattiq infeksiyada, jarohatdagi tomirni topish qiyin bulganda qullaniladi.
-0 tomirlarga chok solish - maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yordamida tomirlarga mexanik chok solinadi.
Fizikaviy usullar: - Sovuqni maxalliy quyish- bunda muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi.
- Elektr koagulyatsiya- maxsus koagulyator yordamida operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qullaniladi.
-Issiq fizilogik eritmani qullash- 60-80 %gacha qizdirilgan eritmaga xullangan salfetka qonayotgan soxaga bir necha minutga quyiladi.
Kimyoviy usullar :- Tomirlarni toraytiradigan preparatlar 0.1 % li adrenalin preparati maxalliy yoki parenteral ish-di.
-Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar- vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislotasi va vikasol ish-di.
Biologik usullar: - Gemostatik vositalarni ot zardobi,gemostatik bulut , fabrin pardasi kabilardan foydalaniladi.
-Gemostatik vositalarni venaga qo`llash – qon , plazma, gemofobin, antigemofil globulin va antimofil plazma, fibrinogen va boshqalardan kichik dozalarda bo`lib- bo`lib quyiladi.
QON GRUPPASINI ANIQLASH
Odamda qonnning 4 guruhi uchraydi:
- Birinchi guruh-0(1)
eretrotsitlarda aglyutinogenlar yo`q (0
zardobda esa 2 ta aglyutenin alfa va betta bor.
- Ikkinchi guruh - A (II) eretrotsitlarda agglyutinogen (A) zardobda esa agglyutin beta bor.
-Uchinchi guruh – B (III) eretrotsitlarda agglyutinogen B, zardobda esa agglyutinin alfa bor.
- To`rtinchi guruh – AB (IV) eretrotsitlarda ikkala aglyutinogen A va B bor bioq zardobda agglyutininlar bo`lmaydi.
Qon guruhini standart zardoblar bilan aniqlash.
Bu usul bo`yicha qon guruhini aniqlash uchun aniqlanadigan qon guruhlari avvaldan ma`lum zardob bilan aralashtiriladi va aglyutinatsiya bor - yuqligiga qarab qon guruhi to`g`risida xulosa chiqariladi. Aniqlash uchun 3 guruh oldindan tayorlangan qon o (I),A(II),B(III) standart zardobininig xar bir guruh uchun 2 ta xar xil guruh seriyalari qullaniladi. Buyum oynasi yoki chinni tarelkaga xar bir seriyadan bir juftdan ikki (seriyadan) tomchidan standart zardob tomiziladi. Zardoblar alohida pipetkalar orqali olinadi.
tekshiriladigan bemorninig barmog`i spirt bialn artilib, unga maxsus skarifator bilan igna sanchiladi va 6 tomchidan qon olinib, standart zardoblar bilan alohida shisha tayoqchalar yordamida aralashtiriladi.5 minutdan so`ng soxta aglyutinatsiya
reaksiyasini aniqlash uchun zardobga bir tomchdan fiz. eritma qo`shialdi.
Agar natijada:
a) uchala aralashtirlgan tomchilarda aglyutinatsiya ro`y bermasa, bu tekshirilayotgan qon O(I), b) O(I) va B(III) zardobalr bilan aglyutinatsiya ro`y bersa qon guruhi A(II) bo`ladi.
b (I) hamdaA (II) zardobi bilan aglyutinatsiya ro`y bersa, B (III) qon guruhi bo`ladi. G) Uchala aralashtirilgan z ardobgda aglyutinatsiya reaksiyasi bo`lsa, AB(IV ) guruhi bo`ladi.
Xato qilmaslik uchun guruhi 2 seriyadagi standart zardob bilan aniqlanadi.
Agar uchala zardob bilan aglyutinatsiya ro`y bersa AB (IV) qon guruhini AB (IV) qon guruhi zardobi bilan qo`shimcha aniqlash o`tkazish zarur\ bo`ladi
|
| |