• Chopilgandagi jarohat
  • Urilgandagi jarohat
  • O‘q tekkandagi jarohat
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet82/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    JAROHATLARNING TURI
    Jarohatlar organizm kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, yulingan, lat yegan, o‘q tekkan, yirtilgan va tishlangandagi turlarga bo‘linadi.
    Kesilgandagi jarohat o‘tkir buyumlar (pichoq, shisha, oyna, skalpel, ustara va boshqalar) ta’sirida vujudga keladi. Kesilgan jarohatlarning cheti tekis, ezilmagan bo‘ladi, yara yirtilib qoladi va ko‘p qon ketishi bilan farq qiladi.
    Chopilgandagi jarohat o‘tkir, ammo og‘ir qurollar (bolta, qilich va boshqalar) bilan urilganda paydo bo‘ladi, jarohatning chetlari tekis, ammo yumshoq to‘qimalar birmuncha majaqlangan bo‘ladi, shikast yegan joy kattagina bo‘lib, ko‘pincha suyaklar ham shikastlanadi.
    Sanchilgandagi jarohat nayza, pichoq, igna, bigiz, juvoldiz, mix va sanchadigan boshqa buyumlar urilishidan vujudga keladi. Jarohatning kirish teshigi kichik, kanali esa tor va chuqur bo‘ladi. Jarohat kanali bo‘ylab qon tomirlari, nervlar va organlar shikastlanishi mumkin. Sanchilgan jarohat, ayniqsa, xavfli hisoblanadi, chunki uning chuqurligini va ichki organlarga shikast yetgan-etmaganligini aniqlash qiyin bo‘ladi. Bunda ichki organlardan ko‘p qon ketishi va har xil asoratlar qolishi mumkin. Yurak va yirik qon tomirlari jarohatlanganda, qon gavda bo‘shlig‘iga (ko‘krak, qorin bo‘shliqlariga) bemalol quyiladi.
    Urilgandagi jarohat to‘qimalarga o‘tmas, lekin og‘ir narsa bilan urilganda (bolg‘a, tosh bilan, og‘ir yuk tushib ketganda) paydo bo‘ladi. Jarohatning cheti majaqlangan, ezilgan, notekis bo‘lib, kattagina joydagi yumshoq to‘qimalar shikastlanadi. Deyarli uncha qon oqmaydi, lekin ezilgan yumshoq to‘qimalar nobud bo‘lishi va infeksiya rivojlanishi uchun qulay muhit tug‘iladi.
    Agar jarohatlar yulinish (qo‘l yoki oyoq uzilib ketganda) va lat yeyishdan hosil bo‘lsa, ular qattiq og‘riydi va ko‘pincha shokka sabab bo‘ladi.
    O‘q tekkandagi jarohat o‘q (miltiq, to‘pponcha o‘qi) tegishidan vujudga kelgan jarohatdir. Mina, bomba, snaryad parchalari tegishidan vujudga kelgan jarohatlar va sochma o‘qdan jarohatlanish turlari ham bor. Sochma o‘qdan jarohatlanishda jarohat ko‘p va aksari yuza bo‘ladi. Umuman o‘q tekkandagi jarohat ancha xavfli hisoblanadi, chunki o‘q, o‘q parchasi bilan birga kirgan iflos kiyim parchalaridan, har xil xas-cho‘p, tuproqdan organizmga infeksiya kirishi mumkin, bundan tashqari, o‘q tekkanda yirik tomirlar, nervlar, bo‘g‘imlarga, ichki organlarga og‘ir shikast yetishi mumkin. Agar jarohatning kirish va chiqish teshiklari mavjud bo‘lsa (o‘qning kirish teshigi chiqish teshigidan kichik bo‘ladi), o‘q (snaryad) teshigidan vujudga kelgan jarohat teshib o‘tilgan jarohat deb ataladi.
    Agar o‘q yoki snaryad parchasi tanada qolsa, unda faqat bitta teshik- kirish teshigi hosil bo‘ladi. Bunday jarohat berk yoki yopiq jarohat deb ataladi. O‘q uchib borayotganda zich to‘qimalar qarshiligiga (suyakka) duch kelganda berk jarohatlar vujudga kelishi mumkin. Agar o‘q yoki snaryad parchasi gavdaning yuza to‘qimalariga tegib o‘tsa, u o‘q yalab o‘tgan carohat deb ataladi. Bunday jarohatlar, odatda, yengil bo‘ladi. Bulardan tashqari, yiringlagan, majaqlangan, tishlangan jarohatlar ham bo‘ladii.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.