|
MAVZU. BIRINCHI YORDAM KO`RSATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI
|
bet | 79/186 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #256679 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org1. MAVZU. BIRINCHI YORDAM KO`RSATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI
Reja.
1) Birinchi yordam ko`rsatishning tamoyillari vositalari
2) Birinchi yordam ko`rsatish vositalari
3) yurakni sun`iy masaj qilish va sun`iy nafas berish.
Foydalangan adabiyotlar
1. G`.E.G`oipov Mehnat muhofazasi. T., "Mehnat" 2000y
2. O.Qudratov, T.G'aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., "Mehnat" 2004
3. Yu.Dodoboev, M.Hamidov. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda
mehnat mu?hofazasi.T., "Mehnat" 2000y
4. G.I Belyakov Oxrana truda .M., "Agropromizdat" 1990 .
Birinchi yordam ko`rsatish vositalari:hozirgi traktorlar, murakkab qishloq xo`jaligi mashinalari va avtomobillarni korxona ma'muriyati dori-darmonlar to`plami bor tibbiyot aptechkasi bilan ta'minlashi zarur. Aptechkada qo`yidagilar bo`lishi lozim:
1 ichimlik soda - 200 g; rezina arqon -1 dona;
2 validol - 30 tabletka; yod eritmasi - bir flakon.
3 borat kislota - 60g; shaxsiy paket- 3dona;
4 leykoplastir - (1x15 Sm) 5 dona; vazelin - 50 g;
5 bint - 10 dona; novshadil spirti - 20 g;
6 paxta - 100 g; shinalar - komplekt
Aptechkadagi tibbiy preparatlar quyidagi mahsadlarda ishlatiladi:
y -ichimlik soda - kislota kuydirganda (ishhor va kislotalar bilan ishlashda) ko`zni yuvish va og`izni chayish maqsadida ichimlik sodaning 2-4% li eritmasini tayyorlash uchun;
y -validol - asab sistemasini tinchlantirish va yurak atrofidagi og`riqlarni yo`qotish uchun;
y- borat kislotasi ishg`or ta'sirida kuyganda ko`zni yuvish va og`izni 115 chayish maqsadida 2-4% li eritmasi tayyorlanadi;
y- vazelin - 1 darajali kuyishda, tirnalganda, teri yallig`langanda, teriga surtash uchun;
y- rezina bog`lam - qon ketishini tuxtatash uchun;
y- shaxsiy paketlar, bintlar, paxta - lat yeganda, yaralanganda bog`lab qo`yish uchun;
y- novshadil spirti - hushdan ketganda hidlatish uchun;
y- yod nastoykasi - yaraning atrofiga, teridagi shilingan, tirnalgan joylarga surtish uchun.
|
| |