|
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi
|
bet | 77/186 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #256679 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.orgEpidemiologiyasi. Tabiatda yovvoyi kemiruvchilar: yumronqoziq, sug‘ur, sichqonlar, port shaharlarida kalamushlar infeksiya manbai hisoblanadi. Odamga kasallik aloqa yo‘li bilan yoki burga vositasida kemiruvchilardan yuqadi. Bemor odamdan sog‘lom odamga bubondan ajralgan yiring vositasida yoki nafas yo‘llari orqali (o‘pka tounida) yuqadi. Odamda toun kasalligi qayd qilinganda, darhol sog‘liqni saqlash organlariga ma’lum qilinadi. Bitta odam kasallansa ham karantin joriy etiladi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 10 kungacha, o‘rta hisobda 3-6 kun. Kasallikning bubonli, o‘pka va septik turlari ma’lum. Keyingi ikki formasi birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Hamma turlarida kasallik to‘satdan gavda haroratining 38-39 va undan yuqori ko‘tarilishi, qattiq titrash, bosh og‘rishi, alahlash, qusish bilan boshlanadi. Tounning bubonli turida limfa tugunlari kattalashib, bubon hosil qiladi. Keyinroq chov bezlarining buboni kuzatiladi. Bubon 4-5 kundan so‘ng yumshab teshiladi va yiring ajralib turadi. Tounning o‘pka formasi juda og‘ir kechadi. U qattiq yo‘tal, ko‘krakdagi og‘riq, gavda haroratining juda yuqori (41 gacha) bo‘lishi, balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning septik turi organizmning kuchli umumiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan juda og‘ir formasidir. Bemor alahlaydi, harorati juda yuqori bo‘ladi, nafasi qisadi, rangi ko‘karib ketadi, pulsi ipsimon bo‘ladi. Teri va shiliq qavatlarga qon quyiladi. Qon qusish, ichakdan qon ketishi, qon aralash siydik ajralishi kuzatiladi.
Diagnozi. Laboratoriya tekshiruvi uchun gemokulturaga qon, o‘pka turida balg‘am, bubon turida bezdan punktat olinadi. O‘lgan kemiruvchilarning jasadi ham tekshiriladi. Olinadigan material juda yuqumli ekanligini hisobga olib, u og‘zi zich berkiladigan shisha idishlarga solinadi. Ustidan 5-10% li lizol eritmasida ho‘llangan latta o‘raladi va boshqa idish ichiga solinadi. Uni ham o‘rab, qopqog‘i zich yopiladigan qutichaga solib, plombalanadi va maxsus odam orqali laboratoriyaga jo‘natiladi.
Davolash. Bemor maxsus izolyatorga yotqiziladi. Antibiotiklardan streptomitsin, tetratsiklin, levomitsin yaxshi natija beradi. Ko‘pincha 2 xil antibiotik kombinatsiyasi yoki antibiotik bilan sulfanilamid preparatlar aralashtirib beriladi. Yurak preparatlari, vitaminlar keng qo‘llaniladi. Dezintoksikatsiya maqsadida gemodez, Ringer suyuqligi, reopoliglyukin, 5% li glyukoza eritmasi va boshqalarning birortasi quyiladi. Tounga qarshi gamma-globulin ishlatiladi.
Profilaktikasi. Keyingi yillarda o‘lat onda-sonda uchraydi. O‘zbekistonda 1990-yilda oxirgi marta o‘lat bilan og‘rigan bemor qayd qilingan. Mamlakatimizda o‘latga qarshi kurash stansiyalari (Toshkent va Nukus shahri) va otryadlari (Buxoro va Zarafshon) mavjud. Ularning maqsadi o‘latning ustidan epidemiologik nazorat olib borish.
Ular tabiiy o‘choqda kemiruvchilarni tekshirish, ular orasida deratizatsiya tadbirlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 6 kun izolyatsiya qilinadi. Maxsus profilaktika maqsadida tounga qarshi vaksina ishlatiladi. Emlangandan so‘nggi immunitet bir yilcha saqlanadi.
KUYDIRGI
Kuydirgi – og‘ir intoksikatsiya, yuqori harorat, teri yoki ichki a’zolarning jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Bu kasallikni kuydirgi tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Organizmdan tashqarida spora holida uchraydi. Mikrob kuchli toksin ishlab chiqaradi. Kuydirgi tayoqchasi dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi, lekin sporasi tashqi muhitda juda turg‘un. Suvda bir necha yil, tuproqda o‘n yillab saqlanadi.
|
| |