• TOUN (O‘LAT)
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet76/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    Organizmning individual rivojlanishi bilan birga uning butun hayoti mobaynida shakllanadigan immunitet orttirildan immunitet deyiladi. Orttirilgan immunitet doim spesifik bo’ladi. Masalan bo’g’ma bilan og’rib tuzalgan bemorning qon zardobi faqat bo’g’ma mikrobi toksinlarni netrallaydi, boshqa mikrob toksinlarga ega ta’sir qilmaydi.
    Yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgandan so’ng hosil bo’ladigan immunitet ta’biy orttirilgan, ya’ni infeksiyadan keyingi immunitet deb ataladi. Organizmga tirik yoki o’ldirilgan mikrob (vaksina) lar yoki ularning mahsulotlarini yuborish yo’li bilan hosil qilinadigan immunitet suniy orttirilgan yoki emlashda so’ngi immunitet deyiladi. Tabiiy orttirilgan immunitet uzoq muddat, ba’zan o’n yillab, hatto umr bo’yi saqlanishi mumkin. (masalan qizamiq, chin chechakdan so’ng). Suniy orttirilgan immunitet qisqaroq muddatda saqlanadi. Chin chechak va bo’g’maga qarshi emlashdan so’ng 1-2 yilgacha saqlanadi.
    Suniy orttirilgan immunitet o’z navbatida aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Organizmga vaksina (anatoksin) yuborib hosil qilinadigan immunitet aktiv immunitet hisoblanadi. Bunda yuborilgan antigen (vaksina yoki anatoksin) ta’sirida organizmning himoya sistemalarida aktiv o’zgarishlar ro’y berib, antigenga qarshi moddalar- antitelo yoki antitoksinlar hosil bo’ladi. Natijada ma’lum kasallikka qarshi emlangan odamga shu kasallik yuqmaydi. Agar emlangan odamlarning yoki hayvonlarning qon zardobini olib, boshqa odamga yuborilsa unda ham shu kasallikka nisbatan yuqtirmaslik paydo bo’ladi. Bunda odam organizmi tayyor himoya moddalarini oladi. Shu sababli bunday yo’l bilan orttirilgan immunitet passiv immunitet deb ataladi. U qisqa bo’ladi va 3-4 haftaga yetadi. Onadan bolaga o’tadigan immunitet ham passiv bo’ladi.Odatda vaksina va antitoksinlar aktiv immunitet hosil qilish uchun profelaktika maqsadida emlash uchun qo’llaniladi.Qon zardoblari asosan davolash maqsadida ishlatiladi.
    Immunitetning mexanizmi va omillari turlicha.Ularga quyidagilar:
    1. teri va shiliq qavatlarning himoya xususiyatlari.


    2. Organizm normal mikroflorasining himoyaxususiyatlari.


    3. Yallig’lanish va fagositoz.


    4. Limfa to’qimasining baryer funksiyasi.


    5.Immunitetning gumoral faktorlari (antitelolar, kompliment, qonning bakterisidlik xususiyati va boshqalar.


    6. Hujayra va to’qimalarning reaktivligi kiradi.
    Yuqorida aytib o’tilgan faktorlarning o’zaro mutanosib bo’lishi natijasida immunitet shakllanadi.
    Yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yishda immunitet reaksiyalaridan keyin foydalaniladi. Antigen va antitelolarning spesifikligi va o’zaro ta’sir reaksiyalari hisoblanadi. Immunitet reaksiyalariga asoslanib, yuqumli kasallik protsessida organizmning himoya kuchlari qanday o’zgarib borishini kuzatish mumkin.Agglyutinatsiya, presipitasiya, toksin, neytralizasiya, kompliment bog’lash reaksiyasi va boshqalar immunitet reaksiya hisoblanadi.


    TOUN (O‘LAT)
    Toun – kuchli umumiy intoksikatsiya, limfa tugunlari, o‘pka va boshqa organlarning spetsifik jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Kasallik og‘ir kechishi, o‘lim hollari ko‘p uchraydi, keng tarqalishga moyilligi tufayli toun o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiradi.
    Bu kasallikni toun tayoqchasi qo‘zg‘atadi. U tuxum shaklini eslatadi. Bo‘yalganda qutblari yaxshi bo‘yaladi. Tashqi muhitda uzoq saqlanadi, past harorat va muzlatishga chidamli.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.