|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 17/19 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 170,43 Kb. | | #261012 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogikaTAQRIZ
Mustaqil O`zbekistonimizning kelajagi ko`p jihatdan salohiyatli, istedodli va albatta bilimli yoshlar qo`lida ekan, shuni inobatga olgan holda yurtimizda juda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va jahon ta’limi talablariga mos keluvchi “Davlat ta’lim standartlari”da davr bilan hamnafas, ya’ni “Intellektual asr”ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko’zda tutilgan. Ayniqsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim muassasalaridagi zamonaviy (ilg’or) pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni amaliyotda keng joriy etish, “Fan – ta’lim – amaliyot” integratsiyasining ta’lim tizimidagi samarasiga alohida e’tibor qaratgan, ya’ni milliy dasturdagi barkamol avlod tarbiyasiga berilgan e’tibor mustaqil Respublikamiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’sha oladigan yosh avlodni tarbiyalashni bosh muammo qilib qo’ydi.
Yoshlar tomonidan ma’naviy g’oyalar asoslarining puxta o’zlashtirilishi keng ko’lamda targ’ibot ishlarini olib borish asosida kechadi. Binobarin, milliy ma’naviyatimizning jamiyatning har bir a’zosi tomonidan chuqur o’zlashtirilishi ozod va obod, erkin fuqarolik jamiyatining barpo etilishida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar talaygina. Shunday vazifalardan biri nafaqat o’z tariximiz, milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz, balki o’zga mamlakatlar xalqlarining tarixini, madaniyatini, ularning urf odatlarini o’rganish ham bugungi kunda mustaqilligimizni mustahkamlashda zarur bo’lgan jihatlardan hisoblanadi. Ayniqsa, jahon mamlakatlari xalqlari orasida XI asrda yuzaga kelgan salib yurishlari natijasida Yevropa mamlakatlarida juda turli sohalari rivoj topgan. Yevropaliklar sharqliklarning turmush tarzi, yangiliklari bilan tanishdilar. G`arbiy Yevropa va Sharqning bir – biriga ta’siri bugungi kunda Jahon tarixining bir bo’lagi bo’lib hisoblanadi. “Jahon tarixi” ni chuqur o’rganish ta’lim sohasi oldidagi asosiy vazifalardan hisoblanadi. Chunki, jahon xalqlari tarixini puxta bilish yoshlarimizning jahonga chiqishlarida, mamlakatimiz rivojida asosiy vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun bugungi tarix fani zamonaviy o’qituvchisi tarix darslari jarayonining asosiy tarkibiy qismlarini puxta bilib olishi zarur. Shu bois talaba Nosirova Guloyim Tohir qizining tanlagan mavzusi o’ta dolzarb deb hisoblayman.
Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti 4 – “A” guruh talabasi Nosirova Guloyim Tohir qizining “7 - sinf jahon tarixi darslarida “Salib yurishlari” mavzusini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish” mavzusida yozilgan Bitiruv malakaviy ishi bugungi kunda ta’lim oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, o’ta dolzarb mavzu hisoblanadi. Ushbu Bitiruv malakaviy ishi haqida quyidagilarni aytish mumkin.
Mazkur Bitiruv malakaviy ishida yuqoridagi fikrlarga batafsil to’xtalib o’tilgan. BMI kirish qismi, asosiy qism va xulosa qismidan iborat. Asosiy qism ikki qismdan iborat bo`lib, I bobda XI-XIIIasrdagixristian cherkovi va salib yurishlarining sabablari, uning tashkilotchilari, ahamiyati haqida batafsil metodik adabiyotlarga tayangan holda ilmiy mushohada yuritilgan. II bobda esa talaba bevosita mavzuga metodik jihatdan yondashib, umumta’lim maktablari tarix darslari jarayonida ushbu mavzuni yoritishning noan’anaviy usullaridan foydalanish, uning o’quvchilar bilim darajasini oshirishdagi o’rni va ahamiyati, turli dars ko’rinishlari hamda ta’lim sohasida hozirgi paytda olib borilayotgan islohotlar, ularning natijalari, yosh avlodni tarbiyalashda tarix fanining ahamiyati haqida fikr yuritgan.
BMIni yozish davomida talaba Nosirova Guloyim Tohir qizining Prezident asarlaridan, mavzuga doir turli manbalardan, tarixiy va badiiy adabiyotlardan, tarixiy hujjatlardan o’z o’rnida foydalana bilgan. Bundan tashqari talaba Navoiy shahridagi – umumta’lim maktabida pedagogik malakaviy amaliyotini o’tash jarayonida ham ushbu mavzu asosida sinov darsi tashkil qilib, uni muvaffaqiyatli o’tdi. Pedagogik amaliyot davomida orttirgan bilim va tajribalaridan ham BMIni metodik jihatdan yoritishda bevosita foydalangan. Mazkur ishini yozish davomida doimiy ravishda “Umumiy tarix” kafedrasi bilan hamkorlikda bo’ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, ushbu Bitiruv Malakaviy Ishi Xalq Ta’limi Vazirligi BMI Nizomi talablariga to’la javob beradi, unda uchraydigan ba’zi juz’iy kamchiliklar uning bahosini tushirmaydi. Kamchiliklarni tuzatgan holda BMIni ochiq himoyaga tavsiya etiladi.
|
| |