|
Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
|
bet | 166/277 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #121222 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat6. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
Davlatning ta’sir etish usullari. Davlatning korxonalar innovatsion faoliyatiga ta’siri ikkita, ya’ni ma’muriy va iqtisodiy (bevosita va bilvosita) usullari orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy usul - ma’lum faoliyat turini cheklash yoki uni rivojlantirishga karatilgan qonuniy asosga tayangan bo‘ladi. Bu standartlash va patent siyosatini xuquqiy me’yorlashdir. Bular xammasi xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida yangiliklarga monopoliyani saqlab kolish va tovar ishlab chiqaruvchilar maxsulotlari sifatini yaxshilash va turlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solishning eng ta’sirchan usullaridan biri iqtisodiy usul xisoblanadi. Ushbu usul tovar maxsulotlarini ishlab chiqishda motivatsiya omiliga tayanadi.
Bevosita iqtisodiy usullar. Ularga kuyidagilar kiradi: moliyalashtirishga yo‘naltirilgan investitsiya (maqsadli, predmetli mo‘ljalga, muammo echimini topishga yo‘naltirilgan); lizing; fond operatsiyalari; rejalashtirish va dasturlash; davlat tadbirkorligi.
Bilvosita iqtisodiy usullar. Davlatning innovatsion siyosatidagi iqtisodiy usullari asosan bilvosita iqtisodiy tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bunga innovatsion resurslarni olish imkoniyatiga ega bo‘lish va ularning tarkibi va baxosi, innovatsion xavf-xatarni yumshatish okibatlari kiradi. Eng ko‘prok ko‘llaniladigan usullar kredit va solik siyosati xisoblanadi. Kredit siyosati yangiliklarni moliyalashtirishga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar xajmini tartibga soladi.
7.Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari
Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi konsepsiyasi (Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu konsepsiyaning asosini loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq dastlabki holatini o‘lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz amaliyotida bu konsepsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo‘llanilishida o‘z aksini topgan.
“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko‘rib chiqilishi mumkin:
|
| |