• Rahbar Amirov A.SH.ning qiziqishlarini himoya qiluvchi 1-guruhga topshiriq
  • -topshiriq “Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”




    Download 7,72 Mb.
    bet19/277
    Sana17.12.2023
    Hajmi7,72 Mb.
    #121222
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   277
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

    3-topshiriq
    Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”
    So‘nggi yilda bundan avval ham ishlari uncha yaxshi bo‘lmagan “Kompleks” yopiq turdagi hissadorlik jamiyatining ishlari yomonlashdi. Talab kamaydi, mahsulot iste’molchilari to‘lovlarni to‘lashga shoshmadilar. To‘lasalar ham asosan barter qilardilar, natijada ushbu jamiyatning ham debitorlik ham kreditorlik qarzlari ko‘payib ketdi, ishlovchilar esa to‘rt oylab maosh olmadilar.
    Bosh direktor Amirov N.I. ning fikricha, buning sababi, davlatdagi umumiqtisodiy inqiroz, respublikada ishlab chiqarish siyosatining yo‘qligi va u takliflarni rad etganligidadir. Direktorlar kengashi boshqaruvchini almashtirish muammosini echishga to‘g‘ri keldi. Hissadorlarning navbatdagi yig‘ini bahslar ostida o‘tdi va unda bundan avval “Kompleks” ning rahbariyatini tanqid ostiga olgan va olti oy davomida korxonaning ishini yaxshilashga va oyliklarni vaqtida to‘lashga va’da bergan Sobirov K.A. yangi direktor etib tayinlandi. Sobirov deyarli bir ovozdan tayinlandi. YAngi rahbar ishini shundan boshladiki, o‘zini tayinlanganidan so‘ng uch kunga, u tanlovdagi bosh raqibi bo‘lgan bosh muhandis Ismoilov A.K.. ga har qanday hujjatlarni taqdim qilishni taqiqladi.
    Ertasi kuni har narsadan iqtisod qilish bahonasida uning xizmat mashinasini olib qo‘ydi va 50-60 km oralig‘ida joylashgan bo‘linmalar ishini nazorat qilish imkoniyatidan mahrum qildi. Bularning hammasi, bosh muhandis o‘z ishini eplay olmasligi va bosh direktordan hayfsan olib, mukofot pulidan mahrum bo‘lishiga olib keldi.
    YAngi direktor bilan ikki oy davom etgan og‘ir ishdan so‘ng Ismoilov ishdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi. Tanlov bo‘lganiga yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi, lekin hissadorlik jamiyatidagi ahvol yaxshilanish o‘rniga yomonlashdi. Oyliklar ham kechiktirildi, byudjet oldidagi qarzlar ham ko‘paydi, nafaqa fondi oldidagi qarzlar ham ko‘paydi va “Kompleks” bankrot yoqasiga kelib qolish ehtimoli bor.

    Rahbar Amirov A.SH.ning qiziqishlarini himoya qiluvchi
    1-guruhga topshiriq:
    Siz bilasizki, hissadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yomonligining asosiy sababi bu Sizning mahsulotingizning iste’molchilarining ancha katta debitorlik qarzlari borligidir, lekin Siz bundan chiqib ketish yo‘llarini ko‘rmayapsiz, chunki oluvchilar bilan o‘rnatilgan aloqalarni yo‘qotishni va bozorning yangi segmentiga chiqa olmaysiz. SHuningdek, oylikning sistematik ravishda kechikishi ishchilarning ko‘pini Sizga qarshi qilib qo‘yganini tushunasiz.



    Download 7,72 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   277




    Download 7,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -topshiriq “Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”

    Download 7,72 Mb.