• Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi ekanligini qayd qiladi.
  • Bozor muvozanatini ta’minlash
  • Raqobat vositasi funksiyasi
  • -mavzu. Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini, ishlarini) narxni shakllanishi (2 soat)




    Download 7,72 Mb.
    bet229/277
    Sana17.12.2023
    Hajmi7,72 Mb.
    #121222
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   277
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

    9-mavzu. Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini, ishlarini) narxni shakllanishi (2 soat)
    9.1.Narxning iqtisodiy mohiyat va turlari
    9.2.Korxonaning narx siyosati
    9.3.Narxning shakllanish strategiyasi va usullari
    9.4.Tarmoqda narxning shakllanishi
    9.5.Narxni aniqlash usullari
    Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi ekanligini qayd qiladi.
    Narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi.
    Narx tovar uchun olinadigan pul birligi miqdori sifatida aniqlanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.
    a) talab narxi bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir (ma’lum vaqtda), istaklar ko‘paysa u pasayadi.
    b) taklif narxi – bu tovar sotuvga kelib tushgan narxdir.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:

    1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.

    2. Iqtisodiy regulyatorlik funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltiradi va aksincha.

    3. Raqobat vositasi funksiyasi. Ma’lumki raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat turlarining eng muhimlaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.

    4. Hisob – kitob funksiyasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. SHu asosida u hisob-kitob funksiyasini bajaradi.

    Download 7,72 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   277




    Download 7,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini, ishlarini) narxni shakllanishi (2 soat)

    Download 7,72 Mb.