|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
|
bet | 58/277 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #121222 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlatAvtokratik rahbar – buyruq berish, qabul qilishda o‘zini jamoadan uzoq tutadi, hammani o‘z istaklariga bo‘ysundirish istagidagi rahbar.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari – ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, o‘rov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k). Ular har bir ishlab chiqarish siklida to‘liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma mablag‘lari hisobiga sotib olinadi.
Aylanma mablag‘lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o‘zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag‘larining pul shaklida ifodalanishi.
Aksiya – aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi - aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz.
Aksiyadorlik jamiyati – aksiyalar chiqarish yo‘li bilan tashkil topgan korxona turi bo‘lib, uning aksiyalari birja fondlarida kotirovka qilinadi va bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o‘tishi mumkin. Aksionerning javobgarligi faqat aksiya sotib olishga ketgan pul bilan chegaralanadi.
Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali bo‘lib, uning hajmi Nizomda belgilab beriladi. U qarzga olingan mablag‘lar va aksiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatining asta-sekinlik bilan ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o‘tkazilishi; mablag‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini qoplashga ishlatilishi.
Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan pul mablag‘lari.
An’anaviy qarorlar – odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport vositalari va h.k). Ular uzoq muddat xizmat ko‘rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o‘zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o‘z qiymatini eskirishi mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o‘tkazadi, kapital qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiriladi.
|
| |