-MA’RUZA Elementlar davriy sistemasining VIII A gurux elementlarining xossalari




Download 0,73 Mb.
bet81/91
Sana26.11.2023
Hajmi0,73 Mb.
#105837
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91
Bog'liq
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

24-MA’RUZA

Elementlar davriy sistemasining VIII A gurux elementlarining xossalari
Elementlar sistemasining o’n sakkizinchi gurux elementlarining umumiy xarakteristika. Ularning, elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari va birikmalarini xossalari.
Reja:
Elementlar davriy sistemasining XVIII gurux elementlarining xossalari.

Elementlar sistemasining o’n sakkizinchi gurux elementlarining umumiy xarakteristika.


3.Ularning, elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari va birikmalarini xossalari.

XVIII gruppa A – gruppacha elementlariga geliy , neon , argon , krypton , ksenon , radon kiradi. Ularning atomlari tashqi elektron qobiqlari elektronlar bilan to`lgan. Ular inert gazlar deyiladi. Ular bir atomli gazlardir.


XVIII A – gruppacha elementlarining xossalari


Xossalari


He

Ne

Ar

Kr

Xe

Rn

Tartib raqami


2

10

18

36

54

86

Nisbiy atom massasi


4,0026

20,984

39,948

83,80

131,30

222

Valent elektronlari




















Atomining radiusi, nm


0,122

0,160

0,192

0,198

0,218

0,22

Ionlanish energiyasi eV


24,59

21,57

15,76

14,00

12,13

10,75

Suyuqlanish harorati


-272

-249

-289

-157

-112

-71

Qaynash harorati


-269

-246

-186

-153

-108

-62

Zichligi g/sm3


0,178

0,900

1,784

3,745

5,851

9,73

Yer po`stlog`idagi


massasi (%)





















Inert gazlridan geliy 1868 – yilda quyosh nuria spektral analiz yordamida topilgan (Angliya olimlari Loker va Franklend va fransuz Jansenlar topganlar). Yerda geliyni 1894 – yilda Angliya olimi Ramzay topgan. Qolgan inert gazlar yerda 1892 – 1897 – yillar ichida Ramzay tomonidan topilgan. Radonning radioaktiv izotopi XX asrda topilgan.
Tabiatda tarqalishi: Barcha inert gazlari havoda uchraydi. 100 l havoda 932 ml. Ar; 1,5 ml. He, 0,5 ml. Ne, 0,11 ml. Kr va 0,008 ml. Xe bo`ladi. Geliy barcha tabiiy gazlar tarkibida hamda radioaktiv minerallar (kleveit, uraninit) tarkibida topilgan. Quyosh massasining 36% geliy yadrosidan tarkib topgan.
Geliy atomi juda kam qutblanish xossasiga ega bo`lganligi uchun ham u barcha inert gazlardan ham past haroratda suyuqlanadi.
Olinishi:
Inert gazlari havoni suyuqlantirib so`ngra fraksiyalarga ajratib haydab olinadi. Geliy esa barcha gazlar suyuqlanganda ham suyuqlanmay qoladi, u osonlikcha ajratib olinadi.
Xossalari:
Barcha inert gazlari rangsiz, hidsiz, ta`msiz. Suvda kam eriydilar. Kriptonni kislorod bilan aralashmasi hidlansa kishini xushsizlanishga olib keladi. Ular kimyoviy jihatdan juda inert. Ularning kimyoviy birikmasi faqat 1962 – yilda olindi. Og`ir inert gazlar () ftor bilan birikib +2 dan +8 gacha oksidlanish darajasini namoyon etadi. O`rin olish reaksiyasi yordamida ulardan kislorodli birikmalarni ham olish mumkin.

Inert gazlari orasidan Ksenonning ko`p birikmalari olingan.

Ksenon ftoridlari rangsiz kristallik modda ular ftorlovchi agent hisoblanadilar, kuchli oksidlovchi, ular portlovchi modda va zaharli. boshqa ftoridlar bilan ta`sir ettirilganda ikki atomli kationga, esa kompleks anion ga aylanadi.

+-
Suv bilan va lar birikib oq kristall holdagi Ksenon (VI) oksid hosil qilinadi.


portlovchi kuchli oksidlovchi modda ishqorlarning suvdagi eritmasida erib ksenatlar ga aylanadi. Bu eritmalarga ozon ta`sir ettirilsa perksenatlar hosil qiladi. Qaysikim unda ksenonning oksidlanish darajasi +8 ga teng bo`ladi.


Perksenat ion – hozirga qadar ma`lum bo`lgan oksidlovchilarning eng kuchlisidir. Perksenat bariy sulfat kislota bilan Ksenon 8 oksidini hosil qiladi.

Ishlatilishi:


Yengil inert gazlari () kunduzgi yorug`likni beradigan lampalarni to`ldirishda, Argon svarka ishlarida, himoya atmosferasi hosil qilish uchun ishlatiladi. Neon past haroratli texnikada sovuqlik beruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Geliy umuman yonmaydigan gaz bo`lgani uchun u suv ostiga chuqur tushuvchilarga sun`iy havo sifatida (80% va 20% hajm bo`yicha) foydalaniladi. Ksenon spektrn quyosh nuri spekteriga juda yaqin o`xshash bo`lganligidan rasm olishda sun`iy yorug`lik hosil qilishda foydalaniladi. Argon elektrotexnikada va yadro energetikasida ishlatiladi (masalan schyotchiklar va kameralar tayyorlashda).


Radioaktiv radon tibbiyotda (radonli vannalarda) ishlatiladi. Qishloq xo`jaligida inert gazlari faqat pestisidlarni analiz qilishda ishlatiladi.



Download 0,73 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA Elementlar davriy sistemasining VIII A gurux elementlarining xossalari

Download 0,73 Mb.