• 1-mavzu. Kimyo fanining paydo bo’lish va rivojlanish tarixi. Reja: Fanning maqsad va vazifalari
  • O’quv mashgulotining maqsadi
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali




    Download 0,73 Mb.
    bet2/91
    Sana26.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #105837
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

    3. MUSTAQIL TÁLIM MASHǴULOTLARI
    4. GLOSSARIY
    5. FAN DASTURI
    6. ISHCHI FAN DASTURI
    7. TARQATMA MATERIALLAR
    8. TESTLAR

    Navoiy Davlat konchilik instituti Nukus filiali

    Umumiy va anorganik kimyo fanidan

    MÁRUZA MATNI

    NUKUS – 2020

    1-mavzu. Kimyo fanining paydo bo’lish va rivojlanish tarixi.

    Reja:


    1. Fanning maqsad va vazifalari


    2. Kimyo fanining paydo bo'lish tarixi.


    3. Modda va materiya tushinchalari


    Tayanch so’zlar: modda, atom, molekula, daltonidlar, bertoloidlar, materiya, proton, elektron, neytron, ion, allotropiya, valentlik, agregat holatlar, atom massa, ekvivalent, ekvivalent hajm, molyar massa, zichlik.

    O’quv mashgulotining maqsadi: Talabalarga elementlarning atom massalari haqida tushuncha berish, absolyut va nisbiy atom massalarni tushintirish.
    Kimyo fanining maqsad va vazifalari.
    Hozirgi vaqtda kimyo xalq xo‘jaligida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Tabiatdan faqat xom ashyo, ruda, toshko‘mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xom ashyoni kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlab xalq xo‘jaligi uchun zarur mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo‘yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi.
    Kimyo fani tabiiy materiallarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Turli moddalar hosil qilishning birmuncha yangi samarali usullarini topadi va hokazo. Bunda dastlabki ilmiy tekshirish institutlari va laboratoriyalari tashkil etildi, ular kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi.
    Ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yilliklar mobaynida sobiq ittifoqda qudratli kimyo sanoati barpo etildi. Vatanimizda topilgan fosforli va kaliyli tuz konlari asosida tog‘-kimyo kombinatlari, mineral o‘g‘itlar, sintetik kauchuk, kalsiy karbid, plastmassalar, texnika maqsadlarida ishlatiladigan rezina buyumlar ishlab chiqariladigan korxonalar qurildi. Sun’iy tola, bo‘yoq, dorivor moddalar va kinoplyonkalarning yangi xillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
    Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda kimyo sanoatining azotli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar, plastik massalar, xlor va uning hosilalari ishlab chiqariladigan organik sintez tarmoqlari ancha kengaydi. Kimyoviy tolalar, sintetik etil spirt, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan organik preparatlar va boshqalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun bir qancha yangi korxonalar qurildi hamda borlarining ko‘pi takomillashtirildi. Radiotexnika, elektrotexnika, aviatsiya, avtomobil sanoatlarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan sintetik materiallaming turi hamda ularni ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Yangi sintetik materiallar tabiiy materiallaming o‘rnini bosibgina qolmay, ularni ishlatish natijasida sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida ishlab chiqarishning texnika darajasini yuksaltirish uchun keng yo‘l ochiladi.
    Mamlakatimiz kimyo sanoatini yuksaltirish viskoza, kapron, atsetat tolalar, shuningdek, lavsan, nitron, xlorin va boshqa sintetik tolalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga imkoniyat yaratib berdi. Ulardan texnikaviy buyumlar va xalq iste’mol mollari, gazlamalar, trikotaj, poyafzal tayyorlash mumkin bo‘lib qoldi va hokazo.
    Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini kimyolashtirish sanoat va qishloq xo‘jaligining hamma sohalarida ishdab chiqarishning kimyoviy usullaridan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlabberdi. Qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish har xil agrotexnika tadbirlari bilan birga amalga oshirilganda paxtachilik hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi yuqori darajada ortadi.
    Hozirgi zamon kimyosi xalqimiz hayotining farovonligini yuksaltirishga har taraflama yordam bermoqda. Sobiq ittifoqning boshqa respublikalari kabi O‘zbekistonda ham kimyo fani va kimyo sanoati rivoj topdi. Bizning respublikamizda bir necha ilmiy tadqiqot institutlari, Fanlar Akademiyasining kimyo, bioorganika, o‘simlik moddalari kimyosi, neft va gaz hamda boshqa institutlarida, o‘nlab oliy o‘quv yurtlarining kafedralarida, muammoli laboratoriyalarida kimyo fanining tarmoqlari taraqqiy etdi. Respublikamizda bu sohada yirik olimlar (O.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, K.S. Ahmedov, M.N. Nabiev, X.U. Usmonov, Yo.Yu. Aliev, Sh.T. Tolipov, X. R. Rustamov, M.A. Asqarov, A.S. Sultonov va boshqalar) yetishib chiqdi.
    Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning bir qancha shahar va hududlarida kimyo korxonalari, zavodlari qurildi. Sho‘rtan gaz kimyo kompleksi, Ustyurt gaz kimyo kompleksi, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Navoiy azot korxonasi, Samarkand chinni zavodi, Farg‘ona azot korxonasi, Olmaliq, Qo‘qon kimyo zavodlari, Muborak Neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliy zavodi va boshqalar, xalq xo‘jaligini kerakli mahsulotlar bilan ta’minlab kelmoqda.



    Download 0,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali

    Download 0,73 Mb.