|
Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega
|
bet | 9/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgHar qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega.
Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv OC da muzlaydi, 100C da qaynaydi. Uning 4C dagi zichligi 1000 kgm3 yoki 1 gsm3 ga teng.
Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va eritmalarda haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bo’lishini isbot qildi va ularni bertolidlar deb atadi, o’zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb atadi.
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi. Atom tuzilishga ega bo’lgan kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo’ysunmasligi mumkin.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Har qanday quyi molekulyar birikma, o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan yaratilgan.
Agar ikki element o’zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi.
Bu xulosa tez orada eksperiment yo’li bilan isbotlandi. Dalton o’sha zamonda ma’lum bo’lgan ikkita uglevodorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval) uglerodning bu birikmalarida bir og’irlik qism vodorodga to’g’ri keladigan og’irlik miqdorlari o’zaro 3:6 yoki 1:2 nisbatda bo’lishini topdi.
1-jadval
Birikma nomi |
Tarkibi, % hisobida
| | |
Tarkibi, og’irlik qism hisobida
| | | |
|
uglerod
|
vodorod
|
uglerod
|
vodorod
| Metan CH4 |
75
|
25
|
3
|
1
| Etilen C2H4 |
85,71
|
14,29
|
6
|
2
|
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
1) Bir xil elementlardan hosil bo’lgan birikmalar o’z og’irlik tarkiblari jihatidan odatda, bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, azot oksidlarida bir og’irlik qism azotga 0,57 og’irlik qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar ortiq kislorod to’g’ri keladi. Demak, ma’lum elementlardan hosil bo’lgan birikma xuddu shu elementlardan tuzilgan boshqa birikmaga aylantirilganda, tarkib to’satdan (sakrash bilan) o’zgaradi.
2) Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o’zgarishi hamma vaqt yangi sifat paydo bo’lishiga olib boradi. Masalan, azot oksidlari (N2O, NO2, N2O5 va b.) garchi bir xil elementlardan tuzilgan bo’lsa ham sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bunday farq tabiatning umumiy qonuniga — miqdorning sifatga o’tish qonuniga yaqqol misoldir.
|
| |