• Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi.
  • Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi




    Download 0,73 Mb.
    bet11/91
    Sana26.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #105837
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

    Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi.
    Bu qonunni shuningdek, konsentratsiya uncha katta bo’lmagan holatlarda ionlar va ionlashgan gazlar elektronlari uchun qo’llash mumkin.
    Keyinchalik (1850 yil o’rtalarida) Jerar tomonidan Avogadro qonuniga asoslanib, gaz holatdagi moddalarning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda molekulyar massasini aniqlashning ikki yo’lini ko’rsatildi:
    1-yo’l: Bir xil fizik sharoitda har qanday gazning gramm-molekulasi bir xil hajmni egallaydi (OC, 760 mm. sim. ust.).
    v = 22414 sm3/mol = 22,4 l/mol yoki 22,4 m3/kmol.
    Bu miqdor gazlarning molyar xajmi deyiladi.

    2-yo’l: Gazsimon moddaning molekulyar massasi uning vodorodga nisbatan zichligini ikkiga ko’paytirilganiga teng (aniqrog’i 2,016).
    bu yerda: DX(H2) - X gazining vodorodga nisbatan zichligi yoki
    X va H2 gazlari zichliklarining nisbati, bu oddiy fizik ekcperiment bilan aniqlanadi.
    1908-1910 yillarda fransuz olimi Perren tomonidan birinchi bo’lib 10 g molekula gazdagi (n.sh.da) molekulalar soni aniqlandi:
    N = 6,02 • 1023 mol–1
    Bu son Avogadro soni deb ataladi.
    Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi. Modda tuzilishining diskretligi haqidagi tushunchalar qachondan boshlanganligi noma’lum. Atomni, ya’ni materiyaning boshqa bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi haqidagi tushunchalarning asoschilari bo’lib, qadimgi grek filosof olimlari Levkipp (eramizgacha V asr) va uning o’quvchisi Demokrit (eramizgacha 470-357 yillar) hisoblanishadi. O’z zamondoshlaridan farq qilib, ular atom haqidagi tasavvurlarning turli xil aspektlarini ishlab chiqdilar. Materiyaning juda mayda bo’linmaydigan, bir-biridan o’lchamlari (shuningdek, massasi) va formasi bilan farq qiladigan zarrachalarni Demokrit "atom" (bo’linmaydigan) degan termin bilan atashni kiritdi.
    XIX asrning oxiriga qadar, atom bo’linmas zarracha deb hisoblanar edi. Bu tasavvur atomning tabiatini va uning tuzilishini o’rganishga ko’p vaqt to’sqinlik qilib keldi. XIX asrning boshida Moskva Davlat Universitetining professori M.G.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida elektr zaryadi ishtirok etadi, atomning tuzilishi planetar tuzilishdir, degan fikrni maydonga tashladi. 1815 yilda ingliz olimi Prout ham elementlar atomi murakkab tuzilgan va ular vodoroddan iborat degan fikrni bildirdi. XIX asrning oxirida katod nurlari, anod nurlari, rentgen nurlari, nurlanishning kvant nazariyasi, radioaktivlik hodisasi kabi bir necha kashfiyotlar qilinishi natijasida atomning murakkab tuzilganligini isbotlab berildi.
    Eritmalar (XIX asr 30 y. ingliz olimi M.Faradey) va gazlardan elektr tokini o’tishini o’rganish; past bosimdagi gazlarda katodlar orasida birinchi - musbat zaryadli ionlar, ikkinchi - manfiy zaryadli ionlar elektronlarning tartibli harakatini ko’rsatuvchi kanal nurlari (1886y.) va katod nurlari (1895 yil, ingliz olimi Kruks) ning kashf etilishi; elektronning mavjudligini isbotlash (1897 y. J.Tomson) va uning tavsifi (zaryadi va massasi)ni o’lchash; radioaktiv hodisasi (1896 y. A.Bekkerel) va boshqa bir qancha tadqiqotlar moddalarning atomlari turli turdagi zaryadlangan zarrachalardan tarkib topib, murakkab tuzilishga ega ekanligini ko’rsatadi.

    Download 0,73 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi

    Download 0,73 Mb.