Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali




Download 0,73 Mb.
bet19/91
Sana26.11.2023
Hajmi0,73 Mb.
#105837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
Bog'liq
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

Radioaktivlik hodisasi. 1896 yilda A. Bekkerel uran birikmalarining ko‘zga ko‘rinmas nurlar chiqarishini va bu nurlar qora qog‘oz ichidagi fotoplastinkaga ta’sir etishini aniqladi. 1898 yilda Mariya Kyuri - Skladovskaya bilan Per Kyuri uran rudasida radiy va poloniy elementlarini topdilar va ularning shiddatli ravishda nurlar chiqarishini aniqladilar. Ular davriy sistemaning VI davridagi toriy va aktiniy ham nurlar chiqarish xossasiga ega ekanligini topdilar. Bu hodisa, ya‘ni elementlarning o‘z-o‘zidan nur chiqarish hodisasi radioaktivlik hodisasi - deb ataladi; o‘z-o‘zidan nur chiqaruvchi elementlar esa radioaktiv elementlar deb ataladi. Radioaktivlik hodisasi atomning tuzilishiga oid ta’limotning yanada rivojlanishiga asos bo‘ldi. Radioaktiv elementlarning emirilish jarayoni. Radioaktiv elementlardan asosan uch xil nur chiqadi. Qo‘rg‘oshin bu nurlarni o‘tkazmaydi. Ana Shundan foydalanib, radioaktiv elementlardan nur chiqishini aniqlash mumkin. Buning uchun Yuqorisidan kichkina teshik qo‘yilgan qo‘rgoshin idishga radioaktiv preparat solinib, idishning teshigiga qora qogozga o‘ralgan fotog‘rafiya plastinkasi tutiladi. Shundan keyin fotoplastinkada uchta dog‘ hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Bu dog‘lar radioaktiv preparatdan uch xil nur chiqqanligini ko‘rsatadi. Bu nurlarning biri elektr maydonida manfiy qutb tomon burikadi va c-nurlar deb ataladi, ikkinchisi elektr maydonida musbat qutb tomon buriladi va -nurlar deyiladi, nurlarning uchinchisiga esa elektr maydon ta’sir etmaydi, Shuning uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi va - nurlar deb ataladi.

preparatdan c, j va nurlarining elektr maydonida yo‘nalishi.

3.2-rasm. Radioaktiv
Birinchi xil —nurlar musbat 2 zaryadli zarrachalar bo‘lib, massasi 4 uglerod birligiga teng. Bu esa c- nurlarning geliy ionlari ekanligini ko‘rsatadi. r-zarralar moddalarga boshqa zarrachalardan ko‘ra osonroq yutiladi. -nurlarning tezligi 15000 km/sek dan 30000 km/sek gacha etadi. Ularning ionlanish xususiyati kuchli. -nurlar turli elementlarning atomlaridan elektronni urib chiqarib, ularni ionlantiradi va har bir .:- zarracha o‘ziga ikkita elektron biriktirib olib, geliyning neytral atomiga aylanadi.Ikkinchi xil nurlar —a -nurlar katod nurlari kabi elektronlardan iborat, Shuning uchun ular elektr maydonida musbat qutbga tomon buriladi. Bu nurlarning tezligi va energiyasi turlicha bo‘lib, 300 ming km/sek ga yaqin.
-nurlarning moddalardan o‘tish xususiyati .--zarrachalarnikidan Yuqori, ammo energiyasi ularnikidan kichikroq.
Uchinchi xil nurlar —•. -nurlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, to‘lqin uzunligi rentgen nurlarinikidan ham kichik, binobarin, turli moddalardan o‘tish xususiyati rentgen nurlarinikidan Yuqori. Radioaktiv nurlanish jarayoni natijasida radioaktiv elementlar- ning atomlari hamisha emirilib, boshqa elementga aylanib turadi. Masalan, radiy a nurlar chiqarib, radonga aylanadi. Shunday qilib, radioaktiv emirilish jarayoni ham atomning murakkab tuzilganligidan dalolat beradi.


Download 0,73 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali

Download 0,73 Mb.