|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali
|
bet | 16/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgOlinishi. Faol metallardan bo`lgan ishqoriy va ishqoriy er metallari suvda eritilsa ishqorlarga aylanib vodorodni ajratadi:
2Na+2H2O = 2NaOH+H2
Ca+2H2O = Ca(OH)2+H2
Ba+2H2O = Ba(OH)2+H2
Metall oksidlarini suvda erishidan ham asoslar hosil boladi. Faqat I va II guruh metallarining oksidlarigina suvda oson eriydi (BeO va MgO dan tashqari).
Gidridlar, nitridlar, fosfidlar va sulfidlarning suv bilan ta`sirlashganida ham asoslar hosil bo`ladi:
CaH2+2H2O =Ca(OH)2+H2
AlN+3H2O =Al(OH)3+NH3
Ca3P2+6H2O =3Ca(OH)2+2PH3
Al2S3+6H2O =2Al(OH)3+3H2S
erimaydigan asoslar olish uchun metallarning tuzlariga ishqorlar ta`sir ettiriladi:
CuSO4+2KOH =Cu(OH)2+K2SO4
FeCl3+3NaOH =Fe(OH)3+3NaCl
FeSO4+2KOH =Fe(OH)2+K2SO4
MnSO4+2NaOH =Mn(OH)2+Na2SO4
Xossalari.Asoslar odatda qattiq moddalardir. Ularning rangi turlicha bo`lib, rang o`zgarishi ba`zan asoslarni birini ikkinchisidan ajratish imkoniyatinin beradi. Faqat NN4ON ammiakni suvda erishidan hosil bolgan va eritmada mavjud (suyuqlik).
Asoslar kislotali oksidlar bilan ta`sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Bunday tuzlar kislotali oksidlarning tuzlariga kiradi:
2Cr(OH)3+3SO3 =Cr2(SO4)3+3H2O
6NH4OH+P2O5 = 2(NH4)3PO4 +3H2O
Cu(OH)2+SO2 =CuSO3+H2O
Asoslar qizdirilsa suv va asosli oksidlarga parchalanadi:
Fe(OH)2 =FeO+H2O
Cu(OH)2 =CuO+H2O
Mg(OH)2 =MgO+H2O
Ishqorlarga tuzlar tasir ettirilsa erimaydigan asoslar hosil bo`lishi yuqorida ko`rib chiqildi.
Amfoter gidroksidlar. Asoslarning alohida guruhini amfoter gidroksidlar tashkil etadi. Ham kislota ham asos xossasini namoyon etuvchi asoslar amfoter gidroksidlar deyiladi. Bunday asoslar qatoriga: Zn(OH)2, Be(OH)2, AL(OH)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, Sn(OH)4 va boshqalar kiradi.
Amfoter gidroksidlar kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham ta`sir etishi mumkin. Ular kislotalar ta`sirida ham asoslar ta`sirida ham oson eritmaga o`tadi:
Be(OH)2+2HCl =BeCl2+2H2O
Be(OH)2+2KOH =K2BeO2+2H2O
Be(OH)2+2KOH =K2[Be(OH)4]
Cr(OH)3+NaOH =NaCrO2+2H2O
Cr(OH)3+3NaOH =Na3[Cr(OH)6]
2Cr(OH)3+3H2SO4 =Cr2(SO4)3+3H2O
Amfoter gidroksidlar amfoter metallarining tuzlariga ishqorlar ta`sir ettirib olinadi.
Natriy gidroksid (O`yuvchi natriy, kaustik soda), NaON — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 323°, qaynash temperaturasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaqtida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaON 61,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. Natriy metali va natriy gidritni eritadi.
Osh tuzining suvdagi eritmasi (namakob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sun`iy ipak, sovun va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, to`qimachilik va boshqa sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Ko`pgina organik birikmalar, charm va qog’ozlarni emiradi. Teriga tegsa kuydiradi.[1]
Ishqorlar — suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleev davriy sistemasi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniy gidroksidga kiradi. oq, qattiq, gigroskopik (suvga o`ch) moddalar. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, LiOH, KON, NaOH mas kuchli asoslar bo`lib, o`yuvchi deb ataladi. Ishqori er metallar gidroksidlari, Sa(ON)2, Va(ON)2, Sr(OH)2 va NH4OH suvda to`la dissotsiatsiyalanib, metall va gidroksid ionlari hosil qiladi ( o`yuvchi natriy (kaustik soda) Na+ va ON~ ga parchalanadi). Bu jarayonda ko`p issiklik ajralib chiqadi.
Tarkibida ON- ionlari borligidan eritmalari asoslarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi (vodorod korsatkich — rN>7) va lakmusni ko`k, fenolftaleinni qizil rangga bo`yaydi. Ishlab.chiqarishda kuchli asoslar va kuchsiz kislotalar hosil qilgan ko`pgina kimyoviy birikmalar, ishqoriy metallarning gidrosulfidlari — KSH, NaSH;; karbonat kislotaning kaliyli va natriyli tuzlari — K2SO3, Na2CO3 va boshqalar ham odatda, hisoblanadi. gazlama, ko`n (teri), qog’ozga kuchli ta`sir etib, ularni o`yib yuboradi. Badan terisi va shilliq pardalarni kuydiradi. Ko`zga ozgina tushsa ham juda xavfli (ko`z ko`rmay qolishi mumkin). Bilan ishlaganda maxsus korjoma, rezina qo`lqop kiyib va himoya ko`zoynagi taqib olish zarur. Kimyo va oziq-ovqat, to`qimachilik, sellyuloza sanoatida, tibbiyotda, kurilishda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi.[1]
4 Kislotalar deb dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod ionlari hosil bo`ladigan elektrolitlarga aytiladi. Kislotalar kislorodli va kislorodsiz kislotalarga bo`linadi:
Kislorodli kislotalar H2CO3, H2SO3, H2SO4, HNO3
Kislorodli kislotalar HF, HCL, HJ, HBr, H2S.
Kislota hosil qilgan element turli valentliklar namoyon etsa, ulardan eng past valenlikdagilar ( yoki oksidlanish darajasi) birikmaning kislotasiga - “gipo” old qo`shimchasi qo`shiladi. HClO- ; gipoxlorit, HIO- gipoyodit, HBrO- gipobromit;
Kislotadagi elementning valentligi o`rtacha qiymatga ega bo`lsa elementga –“it” old qo`shimchasi qo`shiladi. H2SO3-sulfit , HClO2- xlorit, HNO2- nitrit, H2SeO3- selenit, HBrO2- bromit;
Kislota hosil qilgan elementning valentligi eng yuqori bo`lsa element nomiga – “at” qo`shimchasi qo`shiladi. H2SO4- sulfat, H2CO3- karbonat, HClO3 –xlorat,HNO3- hitrat, HBrO3- bromat va hokazo.
Bir element bir xil valentlikda vodorod atomlari soni bilan farqlanadigan kislotalar hosil qilganida vodorod atomlari soni kamiga - “meta” , vodorod atomlari soni ko`piga –“orto” old qo`shimchasi qo`shiladi. H2SiO3- meta-silikat, H4SiO4 – orto-silikat, HBO2- meta-borat, H3BO3 –orto-borat, HPO3 – meta-fosfat, H3PO4- orto-fosfat.
Kislota hosil qiluvchi element eng yuqori valentlini namoyon etganida unga
“ per” old qo`shimchasi qo`shiladi. HClO4- perxlorat, HMnO4- permanganat, HIO4- periodat.
Ba`zan kislotalardan suv chiqib ketishi hisobiga ham ma`lum nomlanishlar beriladi: H4P2O7-piro- yoki difosfat, H2Cr2O7 – dixromat yoki bixromat.
Xossalari. Kislotalar asoslar bilan ta`sirlashib tuz va suv hosil qiladi:
NSl+KOH=KCl+H2O
HNO3+NaOH=NaNO3+H2O
H2SO4+Ca(OH)2=CaSO4+2H2O
2H3PO4+3Ba(OH)2=Ba3(PO4)2+6H2O
Kislotalar asosli oksidlar bilan ta`sirlashib tuzlar hosil qiladi:
H2SO4BaO= BaSO4+H2O
2HNO3+MgO=Mg(NO3)2+H2O
Kislotalar tuzlarga ta`sir etib kychsiz kislotalarni siqib chiqaradi: 2HCl+FeS=FeCl2+H2S
Na2CO3+2HCl=2NaCl+H2O+CO2
H2SO4+Na2SiO3=Na2SO4+H2SiO3
KCN+HCl=KCl+HCN
|
| |