|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali
|
bet | 13/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgN.Bor nazariyasi. Atom tuzilishining ajoyib bosqichlaridan biri — 1913 yilda Daniya olimi Nils Bor taklif qilgan vodorod atomining tuzilishi nazariyasi bo’ldi. N.Bor o’z nazariyasini yaratishda Rezerford fikriga va kvantlar nazariyasiga asoslandi.
N.Bor nazariyasining birinchi postulatiga ko’ra, elektron yadro atrofida faqat kvantlangan, ya’ni ma’lum energiya darajasiga muvofiq keladigan orbitallar bo’ylab aylanadi.
Bu orbitallardan qaysi birining elektron bilan band etilishi atomning energiyasiga bog’liq. Agar atomning energiyasi minimal qiymatga ega bo’lsa elektron yadroga eng yaqin birinchi orbita bo’ylab harakat qiladi; atomning bu holatini qo’zg’almagan, normal yoki asosiy holat deyiladi. Bu holda elektron yadro bilan eng mustahkam bog’langan bo’ladi.
Qo’shimcha energiya qabul qilgan atom qo’zg’algan holatga o’tadi. Lekin atomning qo’zg’algan holati nihoyatda qisqa muddatlidir (sekundning yuz milliondan bir ulushi vaqtda).
Elektron uzoq orbitadan yaqin orbitaga o’tganda atom elektromagnit nur chiqarib o’z energiyasini kamaytiradi.
N.Bor nazariyasining ikkinchi postulatiga ko’ra, elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga o’tgandagina atom o’z energiyasini o’zgartiradi: elektron kvantlangan orbitalar bo’ylab aylanganda, atom energiya chiqarmaydi va energiya yutmaydi.
Elektron yadrodan uzoqda turgan orbitadan yadroga yaqin orbitaga o’tganda atom yorug’likning bir kvantiga teng energiya chiqaradi. Bu kvantning kattaligi dastlabki va oxirgi holatlarning energiyalari orasidagi ayirmaga tengdir:
E = E1 – E2 = h
bu yerda: E1 va E2 - dastlabki va oxirgi holatlar energiyalari;
h - Plank doimiysi, 6,624·10–34 joul/sek;
- nurning 1 sekunddagi tebranishlar soni (chastotasi):
= c/
bu yerda: c - yorug’lik tezligi; - yorug’likning to’lqin uzunligi.
3-Ma’ruza: ANORGANIK BIRIKMALARNING ASOSIY SINFLARI
REJA:
1.Kimyoviy reaktsiyalar va tenglamalar
2 .Oksidlar
3.Asoslar
4.Kislotalar
5 .Tuzlar
|
| |