|
Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati
|
bet | 27/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgDavriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati
Davriy qonun va elementlarning davriy sistemasi kimyo sanoatining yanada taraqqiy etishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. U yangi ilmiy kashfiyotlar qilishda muhim qurol bo’lib xizmat qildi.
Mendeleyev o‘z davriy qonuni asosida elementlar davriy sistemasini tuzganda hali ko‘pgina elementlar noma‘lum edi. Mendeleyev o‘z davriy sistemasida ba‘zi kataklarni bo‘sh qoldirdi. Masalan, kalsiy bilan titan orasida bo‘sh joy qoldirdi. Shuningdek to’rtinchi davrda rux bilan mishyak orasida ikkita katakni bo’sh qoldirdi. Mendelleyev noma‘lum elementlarning borligiga ishonch hosil qilibgina qolmasdan, balki ularning davriy sistemadagi o‘rniga asoslanib, xossalarini oldindan xarakterlab berdi. Kalsiy bilan titan orasidagi joylanishi kerak bo‘lgan elementga ekabor (chunki uning xossalari borga o‘xshash bo‘lishi kerak edi), rux bilan mishyak orasida joylanishi kerak bo‘lgan ikki elementni ekaalyuminiy va akasilitsiy deb atadi. Keyingi 15 yil ichida Mendeleyev xarakterlagan uchala element kashf etildi.
1875 yilda fransuz kimyogari Lekok de Buabodron ekaalyuminiy xossalarini namoyon qiluvchi galliyni (Fransiyaning qadimiy nomi sharafiga atalgan) kashf qildi. 1879 yilda L.F.Nilson ekabor xossalariga ega bo‘lgan skandiyni kashf etdi. 1886 yilda Germaniyada K.A.Vinkler ekasilitsiy xossalarini o’zida namoyon qiluvchi germaniyni kashf etdi.
Oksidi os on qaytariluvchan Oksidining zichligi 4,7 g/sm3 ga yaqin
EsCl4 suyuqlik, 90 °C atrofida qaynashi kerak, uning zichligi 1,9 g/ 3
sm3 ga yaqin
Oksidi ko'mir yoki vodorod yordamida metallgacha oson qaytariladi
Oksidining zichligi 180 C 4,703 g/ sm3 ga teng
GeCl4 suyuqlik, 83 0C atrofida qaynaydi, uning zichligi 18 0C da 1,88 g/ sm3 ga teng
Ekasilitsiyning 1871 yilda Mendeleyev aytgan xossalarini 1886 yilda kashf qilingan germaniy xossalari bilan solishtiramiz:
Ekasilitsiyning xossalari
|
Germaniyning xossalari
|
Ekasilitsiy Es suyuqlanuvchan metall, kuchli issiqlik ta 'sirida uchuvchan
Atom massasi 72 ga yaqin
Zichligi 5,5 g/sm3 atrofida
|
Germaniy Ge - kulrang metall 936 °C da suyuqlanadi, undan yuqori haroratda uchuvchan
Atom massasi 72,59 ga teng Zichligi 200С5,35 g/sm3 ga teng
|
Galliy, skandiy va germaniyning kashf etilishi davriy qonunning buyuk tantanasi bo‘ldi.
Davriy sistema ba’zi bir elementlarning valentligi va atom massasini aniqlashda katta rol o’ynadi. Masalan, berilliy elementi uzoq vaqtgacha alyuminiy atomi deb hisoblanib, uning oksidi formulasi Be2O3 holida yozilgan. Berilliy oksidining bu formulasi va foiz tarkibi asosida berilliyning atom massasi 13,5 ga teng deb hisoblanar edi. Davriy sistemaga binoan berilliy jadvalda faqat 1 ta o‘rinni egallaydi, bu o‘rin Mg ning yuqorisida bo‘lishi kerak. Uning oksidi formulasi esa BeO bilan ifodalanishi kerak. Berilliyning atom massasi oksid formulasi asosida 10 ga teng. Bu xulosa uning atom massasini berilliy xlorid bug’ining zichligi asosida aniqlash bilan tezda tasdiqlandi. Davriy sistema ba‘zi bir elementlarning atom massalarini to‘g‘rilash uchun turtqi bo‘ldi. Hozirda ham davriy qonun kimyoning yo‘naltiruvchi prinsiplaridan biri hisoblanadi. Davriy qonunga asoslanib, keyingi o‘n yilliklarda davriy sistemadagi urandan keyingi trasuran elementlar sun‘iy yo‘l bilan hosil qilindi. Ulardan biri 101- element bo‘lib, unga Mendelleyeviy deb nom berildi.
Fanning rivojlanishi natijasida davriy qonun moddalarning tuzilishini chuqurroq bilishga imkon berdi. ХХasrda yaratilgan atom tuzilishi nazariyasi o‘z navbatida davriy qonun va elementlar davriy sistemasini yanada chuqurroq yoritishga yordam qildi.
|
| |