|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali
|
bet | 4/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgModda va materiya tushinchalari
Moddalarni tuzilishiga qarab uchta tipga bo‘lishimiz mumkin: oddiy moddalar, birikmalar va aralashmalar. Oddiy moddalar va birikmalar moddaning ikki xil ko‘rinishi: doimiy tarkibli materiyahisoblanadi. Aralashmalar modda hisoblanmaydi, ular o‘zgaruvchan tarkiblidir.
Oddiy moddalar. Alohida fizikaviy va kimyoviy xossaga ega bo‘lgan, materiyaning eng sodda tipidir. U bir xil turdagi atomlardan iborat va quyida ko‘riladigan fizikaviy va kimyoviy usullar yordamida materiyaning yanada soddaroq tipiga parchalash mumkin emas. Har bir moddaning o‘z nomi bor, masalan, kremniy, kislorod yoki mis. Kremniy namunasi faqat kremniy atomlaridan iborat. Kremniy bo‘lakchasining makroskopik xossalari: rangi, zichligi va yonuvchanligi mis bo‘lakchasidan tubdan farq qiladi, chunki mis atomining submikroskopik xossalari mis atomidan farq qiladi, yani, har bir oddiy modda o‘ziga xos, chunki uning atomlarining xossalari ham o‘ziga xosdir.
Tabiatda ko‘pgina oddiy moddalar birgalikda uchraydi, bundan tashqari alohida yoki boshqa atomlar bilan bog‘langan holda bo‘ladi, bu fizik bo‘g‘lanishdir. 2.1 A rasmda gaz holatdagi bir atomli oddiy modda tasvirlangan. Bir qancha oddiy moddalar molekula holatida uchraydi, molekula ikki yoki undan ortiq bo‘lgan atomlarning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘lgan mustaqil tuzilmadir (2.1 B rasm).
Masalan, havodagi kislorod ikki atomli molekula shaklida bo‘ladi.
A Oddiy modda atomi
B Oddiy modda moekulasi
C Birikma D Ikki oddiy modda va moekulasi birikma aralashmasi
-rasm. Atom darajasidagi oddiy moddalar, birikmalar va aralashmalar. Ushbu rasmlarda gazlar tasvirlangan, ammo materiyaning uchta tipining suyuq va gaz holatlari ham mavjud.
1.2.-rasm. Ammiak molekulasi
Murakkab moddalar. Murakkab modda ikki yoki undan ortiq element atomlarining kimyoviy birikishidan hosil bo‘ladi. Ko‘pgina murakkab moddalar molekulalardan tashkil topadi, masalan ammiak, suv, karbonat angidrid kabi. Lekin ayrim moddalar, masalan kremniy (IV) oksid va natriy sulfat kabilar molekulalardan iborat emas. Birikmalarda element atomlari aniq massalarda birikadi. Chunki birikmada har bir atom aniq sonda birikadi. Masalan ammiak molekulasida massa bo‘yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo‘ladi, azot atomi vodorod atomidan 14 marta og‘ir. Shunday qilib ammiak molekulasi 1 ta azot va 3 ta vodorod atomidan hosil bo‘ladi
Ammiak gazida massa bo‘yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo‘ladi.
Azot atomi vodorod atomidan 14 marta og‘ir. Har bir ammiak molekulasi 1 N atomi va 3 ta H atomidan tashkil topadi
|
| |