• Iste’molchilar tavsifiga
  • Demografik segmentlash
  • Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar
  • Iste’molchilarning xulq-atrovoriga




    Download 0,53 Mb.
    bet12/57
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #120356
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
    Bog'liq
    Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

    Iste’molchilarning xulq-atrovoriga qarab segmentlashning yana bir turi xiridorlarni qanday tovar markasini xarid qilganligiga qarab idenfikatsiyalash emas, balki qanday tovar nomenklaturasini xarid qilganligiga qarab identifikatsiyalash hisoblanadi. Iste’molchilarni tovar nomenklaturasiga qarab aniqlashda raqobatchilar tovarlari haqida ham ma’lumot to’plash mumkin bo’ladi. Mana shu olingan ma’lumotlar asosida korxona iste’molchilarning kengroq guruhini qamrab olish strategiyasini ishlab chiqadi. Shuningdek, tovar nomenklaturasiga qarab bozorni segmentlashning maqsadlaridan yana biri tovarlarning faol iste’molchilarini topishdan iboratdir. Faol iste’molchilar esa, ularning tovarni xarid qilish davriga qarab aniqlanadi.
    Iste’molchilar tavsifiga qarab segmentlash. Yuqorida qayd qilib o’tkaganimizdek, bozorni segmentlashning uchinchi usuli – bu iste’molchilarni tavsifi bo’yicha guruhlash hisoblanadi. Bu yerda asosiy belgi bo’lib iste’molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi hisoblanadi.
    Demografik segmentlash – deganda iste’molchilarni daromadlar darajasi, yoshi jinsi, millati kasbi-kori, oilaviy ahvollari kabi belgilari bo’yicha guruhlarga ajratish tushuniladi.
    Geografik segmentlash – geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy usul hisoblanadi. Bu usulni aholining madaniy urf-odatlarida va ular yashayotgan hududlarning iqlimida farq bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiqdi. Geografik belgi bo’yicha segmentlash bozorning har xil geografik zonalariga bo’linishini nazarda tutadi.
    Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar qarashlari, qiziqishlari bo’yicha guruhlarga ajratiladi. Bunga iste’molchilarni jamiyat manfaati yo’lida qayg’uradiganlar, o’z sog’lig’ini sevuvchilar, oilasi uchun qayg’uradiganlar guruhlariga ajratish misol bo’la oladi.
    Korxonaning raqobat kurashida g’olib chiqishi bozor segmentlari qanchalik to’g’ri tanlanganligiga ham bog’liq bo’ladi. Bunda bozor segmentlashsining me’zonlarini bilish zarur. Quyidagi bozor segmentining asosiy me’zonlari va ularning tavsifi keltiriladi:

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’molchilarning xulq-atrovoriga

    Download 0,53 Mb.