• 2. Segmentning muhimligi.
  • 4. Segmentning samaradorligi.
  • 4. Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar.
  • Shaxsiy omillar
  • Segmentning miqdoriy o’lchamlari




    Download 0,53 Mb.
    bet13/57
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #120356
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
    Bog'liq
    Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

    1.Segmentning miqdoriy o’lchamlari. Segment miqdorining o’lchami deganda bozor sig’imi qancha potensial iste’molchilar borligi va ular qanday maydonlarda yashashlari tushuniladi. Bular asosida korxona qanday ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishlari va sotish tarmog’ining hajmini belgilab oladilar.
    2. Segmentning muhimligi. Segmentning muhimligi deganda u yoki bu iste’molchilar guruhining bozor segmentida qanday o’rin egallab turganligi tushuniladi. Korxona ana shu segmentning o’rniga qarab faoliyatini tashkil etish.
    3.Segmentnin faolligi . Segmentning foydaliligi deganda korxonaning ma’lum bir segmentda ishlashi uning qanday rentabillik darajasini ta’minlashi tushuniladi. Korxona u yoki bu bozor segmentning foydaliligi baholashda foyda me’yori, quylgan kapital hajmida daromadning hissasi, aktsiya dividentlarining miqdori va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanadi.
    4. Segmentning samaradorligi. Segmentning samaradorligi korxonaning mazkur tanlangan bozor segmentida ishlash tajribasi, mazkur segmentda ishlovchi xodimlarning mahsuloti siljitishga qanchalik tayyor ekanligi abi ko’rsatkichlar bilan baholanadi.
    Umuman olganda, bozorni segmentlash korxonaning muayyan bozorda samarali faoliyat ko’rsatishining muhim omillaridan biri hisoblanadi.


    4. Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar.


    Iste’molchilarni o’rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iboratdir.
    Iste’molchilarning talabini to’laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o’sish qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma’lumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Iste’molchilarning ehtiyojini o’rganish natijasida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin bo’ladi.

    1. ehtiyojning iyerarxi strukturasini tuzish;

    2. ayrim ehtiyojlarning miqdoriy ko’rsatkichini va dinamikasini aniqlash,

    3. iste’molchilarning birinchi navbatda qaysi ehtiyojini qondirishga moyilligini bilish,

    4. tovarlar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlarini o’lchash va guruhlash,

    5. qondirilgan va qondirilmagan talab strukturasini aniqlash va boshqalar.

    Umuman atganda, firma yoki korxona boshqaruvchilari ular tomonidan qo’llanilayotgan ta’sir etuvchi marketing uslublariga nisbatan iste’molchilar qanday munosabat bildirayotganligini yaqqol tasavvur qila bilishlari kerak. Bozorda iste’molchilarning xulq-atvoriga, xarid qilingan tovarning qandayligiga xaridorning shaxs, madaniyati, iqtisodiy ahvoli va psixologik omillar katta ta’sir ko’rsatadi.
    Shaxsiy omillar. Iste’molchilarning bozordagi xulq-atvori shaxsiy tartibdagi omillar asosida ham shakllanadi. Shaxsiy omillarga xaridorning yoshi, oilaviy hayot tarzi, nima ish bilan shug’ullanishi, iqtisodiy ahvoli (oila daromadi yoki bir oila a’zosiga to’g’ri keladigan daromad miqdori), hayot tarzi, shaxs turi kabi sifatlari kiradi. Masalan, shaxsning oilaviy hayot tarzi deganda uning uylanganligi yoki uylanmaganligi, uylangan bo’lsa oilasida necha nafar farzandi borligi, ota-onasi bilan yashaydimi yoki alohida yashaydimi , ota-onalarining yoshi va hakozo kabi ko’rsatkilar tushuniladi. Bu ko’rsatkichlarning har biri esa o’z navbatida xarid qilinayotgan tovar va talab qilinayotgan xizmatga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Segmentning miqdoriy o’lchamlari

    Download 0,53 Mb.