Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari




Download 0,53 Mb.
bet34/57
Sana16.12.2023
Hajmi0,53 Mb.
#120356
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari

Jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar asta-sekinlik bilan yanada integrastiyalashgan bir tizimga aylanib bormoqda, bunda turli xildagi davlat tuzilmalarining siyosiy integrastiyasi o’z intensivligi bo’yicha iqtisodiy integrastiyadan orqada qolmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va import, xalqaro kimoshdi savdolari, chet el korxonalariga qilingan pul ko’rinishidagi investitsiyalar, va nihoyat tovar va xizmatlarning jahon bozori mavjudligidan iborat bo’ladi. Ushbu bozorda transmilliy korporastiyalar alohida o’ringa ega. Ular ko’pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, chet eldagi ishlab chiqarish va realizastiya bo’limlaridan foydalangan holda, deyarli butun jahon bozorida ishlaydilar. Bularning barchasi, o’z mamlakati tashqarisida tovar va xizmatlarni realizastiya qilish bo’yicha alohida tadbirlar majmui, ya’ni xalqaro marketing lozimligini nazarda tutadi. Ularning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati sohasi chet el mamlakatlariga ham keng yoyilgan bo’ladi, hamda sho’’ba korxonalari, texnologik kooperastiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruvning markazlashuvi va qattiq nazorat bilan tavsiflanadi.
O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, va u bilan bog’liq, o’z mahsuloti eksportiga ko’proq yo’naltirilgan ko’pgina korxonalarning iqtisodiy faoliyatidagi o’zgarishlar hamda tovarlar importiga ixtisoslashgan savdo tashkilotlarining paydo bo’lishi, milliy xo’jalik tuzilmalarining xalqaro mehnat taqsimotiga kiritilishi–bularning barchasi xalqaro marketing funkstiyalari va uslublarini bilishni, ulardan ustalik bilan foydalanishni talab qiladi. Bu korxonalar, tijorat tashkilotlari, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqalarning ishlab chiqarish, realizastiya va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirishda ayniqsa muhimdir.
Xalqaro doiradagi marketing juda ham murakkabdir, chunki u nafaqat sotish (realizastiya) balki korxona faoliyatining boshqa sohalarini ham qamrab oladi, shu jumladan ishlab chiqarish, ta’minot, moliya va h. Bundan tashqari, korxona faoliyat olib borishni nazarda tutgan mamlakatda shakllangan ijtimoiy - iqtisodiy va milliy – madaniy sharoitni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, tashish va saqlash usullari, huquqiy va yuridik ta’minot, bojxona qoidalari va boshqalarda jiddiy farqlar bo’lishi mumkin. har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida, madaniyat, din, an’analar nuqtai-nazaridan u yoki bu alohida hodisalarning muvofiqligi hamda xarajatlarni aniqlash tizimi, kvotalar va valyuta nazoratining o’ziga yarasha milliy xususiyatlari mavjud. Shuningdek ilmiy-texnikaviy turdagi omillar ham muhim ahamiyatga ega, ularga sanoat, texnologiyalarning rivojlanish darajasi, yangiliklar, tovar va xizmatlar modifikastiyasi, ishchi kuchi malakasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Qayd etilgan xususiyatlar xalqaro bozordagi tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini ancha oshiradi. Misol uchun, valyuta tizimining mustahkam bo’lmaganligi, foydali kelishuvni bir necha kunda zararli faoliyatga aylantirishi mumkin.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari, marketing vositalarini doimiy tarzda, u yoki bu bozorning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirishni (bu bozor ichki bozorga umuman qarama-qarshi bo’lishi ham mumkin) talab qiladi. Ta’kidlash joizki, marketing faoliyatining ayrim unsurlari turli mamkatlarda turlicha samaraga ega. Misol uchun amerikaliklarning yondashuvi o’z mahsulotini reklama qilishga asoslangan (dunyodagi reklama xarajatlarining 57% AQSH hissasiga to’g’ri keladi). Evropaliklarning yondashuvi esa xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirishga ko’proq yo’naltirilgan bo’ladi, ya’ni taqsimot tizimlari, iste’molchi bilan bevosita do’konda ishlash va h.k. Yaponlar esa mahsulot sifatini yaxshilish maqsadida ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etishni ustuvor biladilar. Shuning uchun xalqaro bozorda faoliyat yurituvchi marketing sohasidagi o’zbekistonlik mutaxassislardan, nafaqat marketing faoliyatining ayrim unsurlarini, balki butun marketing tizimini chet el mamlakatlaridagi marketing tamoyillarini rivojlanishini hisobga olgan holda bilish va qo’llash talab qilinadi.
Mamlakatlar iqtisodiy jihatdan o’zaro bog’langan va o’zaro bog’liqligining yuqori darajasi, turli xil mahsulotlarni import va eksport qilishga (Import-boshqa bir mamlakatda mahsulot sotib olish va keyinchalik sotish maqsadida uni ikkinchi bir mamlakatga olib kirish jarayoni. Eksport-bir mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotni, keyinchalik sotish uchun ikkinchi mamlakatga olib chiqish jarayoni) imkon beruvchi xalqaro bozor mavjudligini taqozo etadi. Bunda o’z faoliyatida tovar va xizmatlar eksporti bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar oldida marketing sohasida qo’shimcha talablar paydo bo’ladi: birinchidan tovar sifati, qadoqlash, dizayn va reklamaning jahon standartlariga, ishlab chiqarish majmuini esa – zamonaviy ilmiy-texnik darajasiga mosligi; ikkinchidan chet ellik sheriklar bilan aloqalarni o’rnata bilish va yuqori darajada xalqaro savdolar, ko’rgazmalar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni o’tkazish. Bundan tashqari, import–eksport siyosati miqdor va sifat jihatidan korxona raqobatbardoshligini ta’minlab turishi uchun maxsus yondashuvni talab qiladi.
Xalqaro marketing funkstional tarzda ichki marketingdan oshib ketadi, chunki korxona eksport va import uchun imkoniyatlarga ega bo’lsa, u mahsulotlar assortimentini ham ko’paytiradi. Demak, marketingning maqsad va vazifalari ham murakkablashadi. Birinchi navbatda, tashqi bozorga chiqish maqsadga muvofiq ekanligida yana bir bor ishonch hosil qilish, ya’ni kelajakda qanday istiqbollar va qanday xavflar bo’lishi mumkinligini bilib olish lozim. Keyinchalik quyidagi masalalar echiladi: korxona qaysi mahsulotni taklif etishi mumkin (eski yoki yangi, tayyor yoki yarim tayyor), qanday qilib bozorga chiqish va xaridor topishi, xalqaro biznesdagi ishtirok natijalari qanday bo’lishi mumkin va boshqalar.
Narx shakllantirish sohasida ham muammolar yuzaga keladi. Ko’pgina hollarda, iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan davlatlarda, rivojlangan davlatlarga nisbatan mahsulot narxi nisbatan pastroq bo’lishi mumkin va buning asosiy sababi – ishchi kuchi qiymatidagi farqdir. Korxona eksport va import uchun mahsulot izlaganda, uning narxlar darajasi katta ahamiyat kasb etmaydi. Misol uchun, agarda u ishchi kuchi qiymati yuqori bo’lgan o’z davlatidan eksport qilsa, uning narxi qabul qiluvchi (importyor) mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga nisbatan yuqori bo’ladi. Demak, uni oson sotish uchun u boshqa bir yaxshiroq tavsiflarga ega bo’lishi lozim.



Download 0,53 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari

Download 0,53 Mb.