|
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji
|
bet | 31/57 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #120356 |
Bog'liq Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejiXALQARO MARKETING
Reja:
Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari.
Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Xalqaro marketing va tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy shakllari.
4. O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirishida tashqi iqtisodiy faoliyatning roli
Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari
Kundalik hayotda ro’y berayotgan o’zgarishlar sur’ati doimiy tarzda o’sib bormoqda. Bugun kechadan, erta esa bugundan ancha farq qiladi. An’anaviy biznes strategiyalarning samaradorligi ham pasayib bormoqda, shunday ekan yangi strategiyalarni ishlab chiqish talab qilinadi. Kelajakda ham muvaffaqiyatli ish yuritishni ko’zlagan kompaniyalar quyidagi uchta xolatga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim bo’ladi:
barcha faoliyat turlari va har bir kishining hayotiga nisbatan global kuchlar ta’sirining kuchayib borishi;
yetakchi texnologiyalarning rivojlanishi;
iqtisodiyot sektorida boshqaruvdan voz kechish tendentsiyasining saqlanib qolishi.
Bularning barchasi biznes kompaniyalarga yangi, cheklanmagan istiqbollarni ochib beradi. Ushbu muammolarga marketingni qanday daxli borligini quyida ko’rib chiqamiz.
Birinchi navbatda marketing insoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlash va qondirish imkonini beradi. Marketingning eng qisqa ta’riflaridan biri quyidagicha: «Marketing – bu kompaniyaga foyda keltirgan holda insonlar ehtiyojini qondirishdir».
Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi.
Xalqaro marketing faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish marketing tadqiqotlarining umumiy asoslarini o’rganishni taqozo etadi. Shulardan kelib chiqib, xalqaro marketingga ham xos bo’lgan asosiy tushunchalar va tamoyillarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
|
| |