|
Axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar
|
bet | 47/57 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #120356 |
Bog'liq Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji2. Axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar
Axborot to’g’ri, aniq, o’z navbatida, ob’ektiv. Mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo’lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo’lishi lozim. Korxonani axborot bilan to’g’ri aloqalar ko’rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida ta’minlanib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini xal etish imkonini beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satri gacha yetadi., bu o’rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Toshkent aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko’rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha quyidagi qator muammolarni xal etish lozim bo’ladi:
Bu yo’nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig’ish va qayta ishlashning yagona umumdavlat tizimini yaratishni ta’minlashi zarur.
3. Axborotlarning turkumlanishi
Yo’nalishi bo’yicha axborot - boshlang’ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga bo’linadi. Rahbarlik axboroti boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Boshlang’ich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo’nalishda harakatlanadi.
Boshqaruv faoliyatida shuningdek, boshlang’ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan hosila (ikqilamchi) axborotdan ham foydalaniladi.
Axborotni ro’yxatga olish va saqlash maqsadida uni saqlovchi turli vositalar inson xotirasi, hujjat, perforatsiya kartalari, magnit lentalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan foydalaniladi.
4. Kommunikatsiya tushunchasi
Kommunikatsiya - o’zaro fikr almashinuv bilan bog’liq bo’lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan tushunchaga aytiladi. Bu degani aloqa yo’li, temir yo’l, suv yo’llari orqali bajariladigan ishlarni oldindan rejalashtirish bu menejmentda boshqaruv tizimining asosiy yo’nalishidir
Rahbar o’z korxonasini rivojlantirish uchun 50-60%gacha o’z vaqtini kommunikatsiya bilan boglashi lozim. Boshqarish vazifalarini bajarishda, rejalashtirish, tashkil etish, tekshirish va tahlil qilish asosan fikr almashish, informatsiyalar olish, reklamalar berish bilan bog’liq bo’lishi kerak. Rivojlangan davlatlarda kommunikatsiya yo’li bilan, amerikalik rahbarlarni 73%, angliyaliklarni 63%, yaponlarni 85%i o’z korxonalarini rivojini bosh omili kommunikatsiya deb hisoblaydi, ya’ni reklama, informatsiya, ishlab chiqarish mahsulotlarini boshqa davlatlarga oson va arzon tez yo’llar bilan sifatli xolida iste’molchilarga yetkazish juda samarali ishlash bilan bog’liq. Korxonalar o’rtasida kommunikatsiya ishlari, bu korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar asosan tezda korxona faoliyatini rivojlanishida ta’sirini aniqlash.
Rahbarlikni yuksak maxorat bilan amalga oshirish uchun korxonada ishlab chiqarish jarayoni to’g’risida yetarli axborot bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish mahsulotlarni natijalarni maqsad qilib qo’yilgan natijalar bilan har doim solishtirib analiz qilish, ishlab chiqarish mahsulotlarini zamonaviy talabga javob beradigan darajada ishlab chiqarish uchun zamonaviy boshqarish talab qilinadi. Buning uchun rahbarda har doim quyidagi axborotlar asosida ish olib borishi kerak:
2. Moliya haqida informatsiya, ya’ni ishlab chiqarish mahsulotini tannarhi to’g’risida va korxona moliya faoliyati.
3. Ishchi kuchi to’g’risidagi informatsiya, band bo’lganlar soni va bush o’rinlar.
Korxonadagi vaziyatga qarab rahbar qaysi informatsiya, kachon va kayerda kerakligini tezda o’zi bilishi kerak. Menejer doimo ishlab chiqarish ichida bo’lishi ishchilar bilan suhbatlashishi, unga kelgan axborotlar bilan o’rtoqlashib analiz qilishda ob’ektiv tomonlarini aniq yechimli qilib asoslash, rahbarlik etikasiga kiradi.
Jamoada hamkorlik darajasi- xech bir korxonada ishlab chiqarish jarayonlari agar ixtiyoriy hamkorlik bo’lmasa tekis va samarali ketmaydi. Hamkorlik xissi menejerlik faoliyatida eng muhim bo’lishi kerak. Reklama - bu shunday informatsiyaki uning yordamida iste’molchilarning katta guruxiga ega bo’lishi kerak. Reklama radio, televideniya, ro’znoma va boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Erkin bozor iqtisodiyotida reklama katta ahamiyatga ega. Shuning uchun u alohida o’rganilib rivojlantiriladi. Kommunikatsiya majmui o’z ichiga transport, aloqa, televideniya, radioni qamrab oladi. Bozor munosabatlariga o’tish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifalari tashqi iqtisodiy aloqani faollashtirish, ya’ni ishlab chiqarishni tashkil etish va uni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishda transport tarmogiga yuksak talab kuymoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichlarida 1991-1993 yillardagi ma’lumotlarga ko’ra qishloq xo’jalik va sanoat ishlab chiqarishning kutiladigan pasayishini hisobga olgan holda respublikada transportni barcha turlari bilan tashiladigan yuklarning hajmi 29,7%, avtotransportda esa 50,8% pasaydi.
Oxirgi o’n yil ichida uy telefonlari soni 3 barobarga oshdi. Hozirgi zamon boshqarishida kommunikatsiyani roli juda katta, jumladan axborot olish, uni o’z vaqtida tadbik etishda zamonaviy boshqarish usullaridan, ya’ni kompyutrlar va uyali telefonlar juda qo’l keladi.
|
| |