-Mavzu: Konfidensial axborotlarni tayyorlash, qayta ishlash va uzatish jarayonidagi tashkiliy himoyalash




Download 109,8 Kb.
bet20/21
Sana02.03.2022
Hajmi109,8 Kb.
#133
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
19-Mavzu: Konfidensial axborotlarni tayyorlash, qayta ishlash va uzatish jarayonidagi tashkiliy himoyalash.
Tarmoq texnologiyasining keng ko‘lamda qo‘llanishi natijasida umumiy resurslardan foydalanish imkonini beruvchi lokal tarmoqqa kompyuterlar birlashtirildi. Kliyent-server texnologiyasining tatbiq etilishi esa bu tarmoqni taqsimlangan hisoblash muhitiga aylantirdi. Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.
Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari lokal tarmoqlarni global tarmoqqa – Internetga ulash imkonini berdi. Internetning rivojlanishi xavfsizlikni ta’minlashni dolzarb masalaga aylantirdi va Internetga ulangan tarmoq va tizimlarda, qanday ma’lumotlarga ishlov berilishidan qat’iy nazar, xavfsizlik vositalari bo‘lishini taqozo etadi. Chunki, Internetning imkoniyatlaridan foydalanib, buzg‘unchi xavfsizlikni buzishni global masshtabda olib borishi mumkin. Internetga ulangan kompyuter tajovuz obyekti bo‘lsa, hujumni amalga oshirayotgan shaxsga uning qayerda (qo‘shni xonada yoki boshqa kontinentda) joylashgani katta ahamiyatga ega emas. Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi. Odatda, alohida ajratilgan va himoyalangan KT «tarmoqlararo ekran» orqali hamma foydalanadigan tarmoqqa ulanadi.
Tarmoqlararo ekran himoyalangan KTga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan axborotlarni nazorat qilish uchun qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran quyidagi to‘rtta funksiyani bajaradi:
– ma’lumotlarni filtrlash;
– ekranlovchi agentlardan foydalanish;
– manzillarni translatsiyalash;
– hodisalarni qayd qilish.
Tarmoqlararo ekranning asosiy vazifasi (kirayotgan yoki chiqayotgan) trafikni filtrlashdan iborat. Korporativ tarmoqning himoyalanganlik darajasiga qarab filtrlashning turli qoidalari o‘rnatilishi mumkin. Filtrlash qoidalari filtrlar ketma-ketligini tanlash orqali amalga oshiriladi. Ushbu filtrlar o‘zidan keyingi filtrga yoki protokol sathiga ma’lumotlarni uzatilishiga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi.
Tarmoqlararo ekran filtrlashni kanallar, tarmoqlar, transport va amaliy sathlarda amalga oshiradi. Ekran qancha ko‘p sathni o‘z ichiga olsa, shuncha takomillashgan hisoblanadi. Tarmoqlararo ekranda, dasturiy vositachi vazifani bajaruvchi va subyekt va obyekt orasida ulanishni ta’minlovchi, so‘ngra axborotni qayd qilish va nazoratini amalga oshirib jo‘natuvchi, ekranlovchi agentlardan (proxy-serverlar) foydalaniladi. Ekranlovchi agentlarning qo‘shimcha vazifasi foydalanishga ruxsat berilgan subyektdan haqiqiy obyektni yashirishdan iborat. Ekranlovchi agentlarning o‘zaro aloqa ishtirokchilariga ta’siri yo‘q.
Tarmoqlararo ekranning manzillarni translatsiyalash funksiyasi haqiqiy ichki manzillarni tashqi abonentlardan yashirish uchun mo‘ljallangan. Bu tarmoq topologiyasini yashirish va agar himoyalangan tarmoq uchun yetarli miqdorda manzillar ajratilmagan bo‘lsa, yanada ko‘proq sondagi manzillardan foydalanishga imkon yaratadi. Tarmoqlararo ekran maxsus jurnallarda hodisalarni qayd qilib boradi.
Biror aniq talab bo‘yicha ekranni sozlash orqali jurnallarni yuritish imkoniyati nazarda tutilgan. Yozuvlar tahlili o‘rnatilgan qoidalarni buzishga bo‘lgan buzg‘unchilarning urinishlarini qayd qilish va ularni aniqlash imkonini beradi.
Ekran simmetrik emas. U «tashqi» va «ichki» tushunchalarini farqlay oladi. Ekran ichki sohani nazoratsiz va adovatli bo‘lgan tashqi muhitdan himoyasini ta’minlab beradi. Shu bilan birga ekran himoyalangan tarmoq subyektlari tomonidan ommaviy tarmoq obyektlaridan foydalanishni cheklashni ham ta’minlaydi. Foydalanishga ruxsat berilgan subyektning vakolatlari buzilgan holatda uning ish faoliyati blokirovka qilinadi va barcha kerakli ma’lumotlar jurnalga yozib qo‘yiladi.
Tarmoqlararo ekranlarga quyidagi zamonaviy talablar qo‘yiladi:
1. Asosiy talablar – bu ichki tarmoqning xavfsizlikni ta’minlash va tashqaridan ulanishlar va aloqa seanslarini to‘liq nazorat qilish.
2. Ekranlovchi tizim tashkilotning xavfsizlik siyosatini oddiy va to‘liq yuritish uchun quvvatli va moslanuvchan boshqarish vositalariga ega bo‘lmog‘i darkor.
3. Tarmoqlararo ekran lokal tarmoq foydalanuvchilariga sezdirmasdan ishlashi va ular tomonidan ruxsat etilgan amallarni bajarishlariga xalaqit bermasligi lozim.
4. Tarmoqlararo ekran ko‘p miqdordagi murojaatlar bilan blokirovka qilib qo‘yishni va ishdan chiqishining oldini olish uchun, uning protsessori tez ishlay olish, pik rejimlarida kiruvchi va chiquvchi oqimlarni yetarli darajada samarali qayta ishlay olishga ulgurishi lozim.
5. Xavfsizlikni ta’minlash tizimi har qanday tashqi noqonuniy ta’sirlardan himoyalangan bo‘lishi lozim, chunki bu ta’sirlar tashkilotning konfedensial ma’lumotlarini ochish kaliti bo‘lishi mumkin.
6. Ekranni boshqaruv tizimi olisdagi filiallar uchun ham yagona xavfsizlik siyosatini yuritishni markazlashgan holda ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
7. Tarmoqlararo ekran foydalanuvchilarning tashqi ulanishlari orqali foydalanishga ruxsat berishning mualliflashtirish vositalariga ega bo‘lmog‘i kerak. Bu tashkilot xodimlarini xizmat safarida ham tarmoqdan foydalanishlariga imkon yaratadi.

Download 109,8 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 109,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Konfidensial axborotlarni tayyorlash, qayta ishlash va uzatish jarayonidagi tashkiliy himoyalash

Download 109,8 Kb.