|
-mavzu: Axborotni himoya qilish to`g`risidagi hujjatlarni o`rganish
|
bet | 7/21 | Sana | 02.03.2022 | Hajmi | 109,8 Kb. | | #133 |
5-mavzu: Axborotni himoya qilish to`g`risidagi hujjatlarni o`rganish.
Axborotni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlar. 1983-yil AQSh Mudofaa Vazirligi (MV) kompyuter xavfsizligi Agentligi TSEC(Ishonchli Tizimlarning Himoyalanganligini Baholash Kriteriylari) nomli hisobotini chop etdi. U boshqacha aytganda Olov rang kitob (kitob rangiga ko‘ra) deb nomlandi. Unda ko‘p foydalanuvchili kompyuter tizimlarida maxfiy ma’lumotlarni himoyalash uchun xavfsizlikning 7 ta darajasi ajratilgan. Bular:
Al – kafolatli himoya,
Bl, B2, V3 – ruxsatni to‘liq boshqarish,
Cl, C2 – ruxsatni tanlash orqali boshqarish,
D – minimal xavfsizlik.
AQSh Mudofaa Vazirligi kompyuter tizimlarini baholash maqsadida AQSh MV qoshidagi kompyuter xavfsizligi Milliy Markazi NCSC-TG-005 va NCSC-TG-011 nomli Qizil kitob (kitob rangiga ko‘ra) deb nomlangan qo‘llanmasini chiqardi. Bunga javob tariqasida GFR axborot xavfsizligi Agentligi Green Book (Yashil kitob)ni tayyorladi. Unda xususiy hamda davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashda vujudga keluvchi talablar kompleks tarzda o‘z aksini topgan. 1990-yilda Yashil kitob GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiya davlatlari tomonidan ma’qullandi va Yevropa Ittifoqiga yuborildi. Uning asosida Yevropa standartini ifodalovchi ITSEC(Axborot Texnologiyalarining Himoyalanganligini Baholash Kriteriyalari) yoki Oq kitob tayyorlandi. Bu kitobda xavfsiz axborot tizimlarini tashkil etish
kriteriyalari keltirilgan. ITSEC Oq kitobda xavfsizlik kriteriyalarining quyidagi asosiy qismlari keltirilgan:
1. Axborot xavfsizligi.
2. Tizim xavfsizligi.
3. Mahsulot xavfsizligi.
4. Xavfsizlikka tahdid.
5. Xavfsizlik funksiyasi to‘plami.
6. Xavfsizlikning kafolatlanganligi.
7. Xavfsizlikning umumiy bahosi.
8. Xavfsizlik sinflari.
ITSEC Yevropa kriteriyalariga ko‘ra axborot xavfsizligi olti asosiy element va uning qismlarini o‘z ichiga oladi:
1. Axborot konfedensialligi (axborotni noqonuniy olishdan himoyalash).
2. Axborot butunligi (axborotni noqonuniy o‘zgartirishdan himoyalash).
3. Axborotdan foydalana olishlilik (axborot va tizim resurslarini noqonuniy yoki tasodifiy ushlab qolishlardan himoyalash).
4. Xavfsizlik maqsadlari (axborot xavfsizligi funksiyalari nima uchun kerak).
5. Axborot xavfsizligi funksiyalarining tasnifi:
– identifikatsiya va autentifikatsiya (foydalanuvchining haqiqiyligini an’anaviy tekshirishgina emas, yangi foydalanuvchilarni ro‘yxat ga olish, eskilarini o‘chirish, shuningdek autentifikasiya axborotlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun funksiyalar, shu jumladan butunlikni nazorat qiluvchi vositalar ham tushuniladi);
– foydalanish huquqini boshqarish (shu jumladan, umumfoydalaniluvchi obyektlarning butunligini ta’minlash maqsadida ularga ruxsatni vaqtincha chegaralovchi xavfsizlik funksiyalari, ruxsat berish huquqini tarqatishni boshqarish kabilar);
|
| |