• Tayanch so’z va iboralar
  • Nazariy mashG‘ulotlar 1-modul




    Download 0.82 Mb.
    bet1/39
    Sana28.02.2024
    Hajmi0.82 Mb.
    #164062
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    MARUZA HFX (1)
    stand-alone and hybrid pv station calculation sheet, openbudget, MAVZU TOPSHIRIQ, Describe a time you were not allowed to use a mobile phone, I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II-fayllar.org, JAVLON, eiC9onjhOBHZidz1gmyMnT7XEDKReVCveR6Kt4uR, turizm, Kompyuter grafikasi Osarov Shuxrat Furqat ogli, Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida, 1-вариант тест кк, 12 Gúlsanem, Racional bólshekler, Mavzu ratsional kasrlar

    NAZARIY MAShG‘ULOTLAR
    1-modul. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi


    1.1. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari
    Reja

    1. Hayot faoliyati xafsizligining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va mazmuni.

    2. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.

    3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish.

    4. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni.

    5. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.

    6. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalari. “Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari.

    Tayanch so’z va iboralar: mehnat muhofazasi, mehnat qobiliyatlari, mehnat sharoiti, xavfli ishlab chiqarish jarayoni, hodisa, avariya, katastrofa.


    Mehnat muhofazasi - bu ishchilarning mehnat jarayonida hayotini, sog‘lig‘ini saqlash tizimi bo‘lib, u o‘z ichiga xuquqiy, sostial-ijtimoiy, tashkiliy-texnikaviy, sanitar-gigienik, sog‘lomlashtirish-profilaktika, reabilitastiya va boshqa tadbirlarni qamrab oladi;


    Dunyo miqyosida sanoatda, avtomobilsozlikda, qurilishda va xalq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni juda tez rivojlanishi insonning xayot faoliyati xavfsizligiga juda katta ta'sir ko‘rsatmoqda.
    Texnologiyalarni yangilanish avvalidan ularni insonga ta'sir darajasini Yo‘q qilish yoki ruxsat etilgan darajada bo‘lishini ta'minlash va mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim dasturi yaratib talabalarni va mutaxassislarni o‘qitish xayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy talablaridir.
    Respublikamiz prizidenti I.A. Karimovning 2008/2009 yillarda chop etilgan “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch ”, “Eng asosiy me’zon – hayot xaqiqatini aks ettirish”, “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning Yo‘llari va choralari” asarlarni o‘rganib chiqqan holda HFX mezonlarini aniqlashda va ular asosida mutaxassislar tayyorlashda muxim axamiyatga ega.
    1. Yo‘nalishning maqsadi, vazifalari va uning avtomobil transportidan foydalanishdagi o‘rni.
    1.1. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining avtomobil transporti va yo‘l qurilish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishdan maqsad talabalarga ishlab chiqarishda-avtotransport va yo‘l xo‘jaligi korxonalari faoliyatida tabiiy, texnogen texnika va harakat xavfsizligi sabablariga ko‘ra ishchilarning (haydovchilarning) soqlig‘ini, mehnat qobiliyatlarini saqlash, shikastlanish, nurlanish va boshqa kasb kasalliklarini oldini olish va bu sohadagi qonunchilik hamda mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan boshqa me'yoriy xujjatlarni o‘rgatishga bag‘ishlanadi.
    1.2. Fanni o‘rganish bo‘yicha vazifalar:
    -Talabalarga avtotransport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarida xavfsiz ishlash talablarini amalga oshirishga qaratilgan qonunlar va me'yoriy xujjat, GOSTlar, xalqaro ISO 9001 talablari to‘g‘risida bilim berish, ularda “Uyushma” ATK, AS, ATZ, ShTZ, SMlari ishlab chiqarishda normal ish sharoitlarini tashkil qilish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikma hosil qilish;
    1.3. Ushbu fanni o‘rganayotgan talabalar quyidagi fanlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak:
    - fizika, kimyo, psixologiya, ergonomika, matematik statistika, amaliy mexanika, gidravlika, transport vositalarining tuzilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish-ta'mirlash texnologiyalari, avtomobillarda tashishlarni tashkil qilish, harakat xavfsizligi, ichki yonuv dvigatellari, avtomobillarda qo‘llaniladigan ekspluatasion materiallar-alternativ yoqilg‘ilar va boshqa avtomobil transporti, mehnatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan fanlarni ham bilishlari lozim.
    1.4. Personal kompyuter va zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash:
    -Ma’ruzalar Elektron versiyalarini 1-4 darajalarini qo‘llash ko‘zda tutilishi lozim.
    1.5. Bozor iqtisodiyoti tufayli mulkchilik shakli o‘zgarib bormoqda. Shu tufayli hozirgi kunda 50 mingga yaqin yuk avtomobillari, 20 mingdan ortiq mikro avtobuslar, 6 mingga yaqin katta avtobuslar va 1,3 mlndan ortiq engil avtomobillar shaxslar qo‘lida. Bulardan tashqari respublika xududida ko‘plab shaxsiy Servis markazlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalari ham shaxsiylashtirilgan. Bularning ko‘pchiligi texnika va yong‘in xavfsizligi talablarini va ularga amal qilishni yaxshi bilmaydilar.
    Mehnat sharoitiga mehnat jarayonida ishchilarga ularning ishchanligi va sog‘ligiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish omillari kiradi;
    Xavfli ishlab chiqarish jarayoni- ishlab chiqarish omili bo‘lib ish vaqtida ishchi shikastlanishi mumkin;
    Zararli ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayonida ishchini kasallikka duchor qilishi mumkin bo‘lgan jarayon;
    Xavfsiz ishlab chiqarish sharoiti mehnat qilish jarayonida ishchiga xavfli va zararli ta’sir omillari Yo‘q yoki ularning darajasi tasdiqlangan me’yorlardan past xolatda bo‘ladi;

    Download 0.82 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 0.82 Mb.